Gollandiya - Meksika 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA
29 iyu 2014 22:59
Yangiliklar
Gollandiya - Meksika 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA
JCH-2014 doirasidagi Gollandiya - Meksika uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
Gollandiya - Meksika 2:1
29 iyun. 21:00
Bosh hakam: Pedro Proensa (Portugaliya)
Yordamchi hakamlar: Bertino Miranda (Portugaliya), Xose Trigo (Portugaliya)
Zaxira hakami: Karlos Vera (Ekvador).
GOL: Sneyder 88, Yan Xuntelaar 90+4 - Dos Santos 47
Gollandiya: 1.Silessen, 12.Verxag (Depay, 55), 15.Kyuyt, 2.Vlar, 3.de Vrey, 5.Blind, 6.De Yong (Martins Indi, 9), 20.Veynaldum, 10.Sneyder, 9.van Persi, 11.Robben.
Meksika: 13.Ochoa, 22.Agilyar, 15.Moreno (5.Diego Reyes, 46), 2.Fransisko Rodriges, 4.Markes, 7.Layyun, 6.Errera, 3.Salsido, 18.Guardado, 10.Jovani dos Santos (20.Akino, 60), 19.Oribe Peralta (14.Xaver Ernandes, 74).
Ogohlantirishlar: Agilyar 69, Rafael Markes 90+3, Guardado 90+3
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
Sizlar bilan birga bahsni Narzulla Saydullaev kuzatib bordi. Uchrashganda ko'rishguncha!
90+6. O'YIN TUGADI! Gollandiya chorak finalda, Meksikaga esa o'yin uchun rahmat aytamiz! Ajoyib jamoa afsuski mag'lub bo'ldi. Bugun sevimli jamoaingiz yutqazdimi? Sport faqat mag'lubiyatlardan iborat emas, ertaga g'alaba sizga yor bo'ladi
90+5. ZARBAAAAAA!. Layyunning zarbasidan so'ng to'pni Silessen qaytardi
90+5. Meksika endi hujumga o'tmoqda, qiziqarli o'yin davom etadi.
90+4. Yan Xuntelaar penaltidan unumli foydalandi va Gollandiyani oldinga olib chiqdi - 2:1.
90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yan Xuntelaar! 2:1
90+3. Ogohlantirish. Meksika. Rafael Markes va Guardado
90+2. PENALTI! Robben penalti ishladi! Rafael Markes uni jarima maydoni ichida yiqitdi, har holda bosh hakam shunday hisoblamoqda.
90. Uchrashuvga 6 daqiqa qo'shib berildi
88. Burchak to'pidan so'ng Xuntelar boshi bilan jarima maydoni yoniga tashlab berdi, Sneyderning kuchli va aniq zarbasi darvozaning burchagiga kirib ketdi - 1:1.
88. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SNEYDER!!!!!!! 1:1.
84. ZARBAAAA! Xuntelaarning 1 metrdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Ochoa qaytardi. Ammo biroz oldin o'yindan tashqari holati kuzatilgan ekan.
82. Meksika chorak finalga chiqishga yaqin kelmoqda. Qahramonlarcha chorak final sari intilishmoqda ular, Gollandiya esa xizmat doirasidan tashqarida...
80. Hakam Meksika bosh murabbiyiga tanbeh berdi, hissiyotga boy bo'lgan murabbiyni shunday osongina joyiga o'tkazib qo'ya oladimi?
77. Bahs davom etadi
76. Pedro Proensa yana 3 daqiqalik "suv ichib olish taym"ni elon qildi
75. O'zgarish. Gollandiya. Van Persi o'rniga Yan Xuntelaar tushdi
74. O'zgarish. Meksika. Peralta o'rniga Xaver Ernandes tushdi
73. ZARBAAAAAAAAAAAA! ROBBEEEEEEEEEEN! OCHOAAAAAAAAAA! Tushundingiza?
72. Meksika yutayotganini eshitgan mahalladagi xotinlar xursand. Nega deysizmi? Esmeraldaning vatandoshlari yutaqolsin deyishmoqda ular
72. Meksika ajoyib o'ynamoqda, natijani ushlab qolish borasida master klass o'tkazmoqda.
70. SHu joyiga bitta latifa bo'g'irsoq bir kun cho'milishga boribdi. CHiqib kelib eh boshimni yuvish esdan chiqib degan ekan.
69. Ogohlantirish. Meksika. Agilyar
67. Robben jarima maydoni ichida yiqildi, ammo hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb topdi. Robben kerak va kerakmas joyda yiqilaverib hakamlarning ishonchini yo'qotib bo'lgan.
67. Qani barcha maqtagan Gollandiya, Ispaniyaga 5talab urgan Gollandiya? Hozircha bu Gollandiyaga o'xshamayapti.
67. Peralta gol urdi, biroq undan oldin u o'yindan tashqari holatda qolib ketgan ekan
66. Blind jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi, Ochoa vaziyatni kuzatib turgandi
65. Gollandiya tinmay hujum qilmoqda, acteklar to'pga o'zlarini qalqon qilishmoqda
63. Meksikalik muxlislar bayramni boshlab yuborishdi..."Anjan plolkasiga" o'xshash raqslar ham bo'lmoqda
62. Gollandiyaning burchak to'pi hech qanday samara bergani yo'q.
60. O'zgarish. Meksika. Dos Santos o'rniga Akino tushdi
59. SNEYDERRR! Robbendan to'pni qabul qilib olgan Sneyder darvozaga zarba berdi, Markesning oyog'iga tekkan to'p darvoza ustidan o'tib ketdi
56. AAAAAAAAAAAAAAAAA! OCHOAAAAAAAAAAAAAAAA! Qanday zarba va qanday seyv! Burchak to'pidan uzatilgan to'pni Blind darvozaga yo'lladi, to'pni Ochoa chiziq ustidan qaytardi!
55. O'zgarish. Gollandiya. Verxag o'rniga Memfis Depay tushdi
54. ZARBAAAAAAAA! GUARDADOOOO! Meksikalik futbolchining zarbasini Silessen qaytardi
53. Deyli Blindning chap oyog'ida yo'llgan zarbasi kuchiz va noaniq chiqdi
52. Man endi Gollandiya oldinga o'tishga majbur, chunki mag'lub bo'lmoqda. SHu o'rinda Meksika qarshi hujumda o'ynay boshlaydi, xullas hujumkor o'yin ko'ramiz endi.
50. Sneyderning jarima zarbasini jonli devor o'ziga qabul qilib oldi!
48. Meksika jarima to'piga ega bo'ldi, Ererraning pasidan so'ng Markes boshi bilan zarba berdi noaniq
47. Jovanni Dos Santos jarima maydoni tashqarisidan to'pni chap oyog'i bilan to'pni darvozaning burchagiga joylab qo'ydi! 0:1 Super gol!
47. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOS SANTOS!!!! 0:1
46. Ikkinchi bo'lim boshlanib ketdi
46. O'zgarish. Meksika. Moreno o'rniga Diego Reyes tushdi
45+4. Tanaffus! Ketib qolmanglar. Jang bo'ladi hali
45+4. Ektor Moreno jarohat tufayli maydonni tark etdi.
45+4. Aynan Markes haqida. Rossiyalik sharhlovchining aytishicha Rafael Markes bundan 18 yil oldin Meksika terma jamoasiga kutilmagan holda taklif etilgan. O'sha vaqtdagi bosh murabbiy Sezar Markesni jamoaga chaqirgan, "otpechatka" ketib qolib jamoaga Rafael kelgan. Murabbiy uni sinab ko'rib jamoada olib qolgan... ana shunaqa..
45+2. Rafael Markes xatoga yo'l qo'ydi. Van Persi oldinga borib Robbenga to'pni oshirdi, Arendan to'pni kim olib qo'ydi topingchi... ha Rafael Markes!
45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. Eslatib o'tamiz, hakam 3 daqiqa futbolchilarga nafas rostlab olishlariga imkon bergandi
44. Xorijiy hamkasblarimiz ajoyib latifani taqdim etishdi: Braziliyadagi mundialda 90 daqiqa futbol o'ynaladi, 3 daqiqa suv ichib olish mumkin. Qatardagi mundialda 90 daqiqa suv ichib olish mumkin, 3 daqiqa futbol o'ynaladi...
43. Martins Indi maydonda yotgan Dos Santosni tepib bo'lsa ham to'pni olib qo'yishga urindi, hakam ajratib qoldi, bo'lmasa "talpa" edida
42. ZARBAAAAAAAA! Silessen! Dos Santosning zarbasidan so'ng darvozabon oyoqlari bilan to'pni qaytardi
41. Robben burchak to'pini amalga oshirshdi, hech kimga emas...
40. Tribunalar to'lmagan kelgan muxlislar ham bir necha daqiqadan buyon hushtakbozlik qilishmoqda... ularga ham menga ham o'yin yoqmayapti
38. Bugun kayfiyatim alo chunki Jahon chempionati o'yini bo'lib o'tmoqda. "Imtixon men uchun hamisha bayram")))
36. Layyun chap qanotda juda ham faol! Navbatdagi to'p uzatish amalga oshirildi, Silessen to'pni qaytardi
35. O'yin davomi etadi, qani endi ko'rsatinglar xunarlaringni!
33. Muxlislarga esa buning qizig'i yo'q, ular xursand. Kameraga qarab tirjayib turishibdi)
32. G'aroyib holat. Menimcha JCHdagi ilk bor kuzatilayotgan holat. Harorat juda yuqori bo'lganida hakam futbolchilarga uch daqiqalik xordiq berdi. Futbolchilar suv ichib olishlari va biroz o'zlariga kelib olishlari mumkin
31. Bugun oldingi o'yinlarda chap qanot himoyachisi joyida o'ynagan Deyli Blind bugun tayanch yarim himoyachisi vazifasini bajarmoqda.
30. Bahs umuman nafis bo'layotgani yo'q. Faqat to'p uzatilish
29. Yarim soat vaqt o'tdi, jamoalar gol bilan xursand qilishgani yo'q...
28. Peralta! Uch nafar futbolchidan o'tib ketdi va dos Santos zarba berdi, Silessen to'pni ushlab oldi
25. Xavfli vaziyat! Robin van Persi o'ziga etkazib berilgan to'pni to'xtatdi, ammo zarbaga kelganida noaniq ketdi
23. Viynaldumning ko'ziga nimadir kirgan shekilli hakamga borib "uflab yuboring" dedi. Hakam bunga qarshi bo'lmadi
22. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Salsidoooooooooooooo! 30 metrlardan yo'llangan zarbadan so'ng to'pni Silessen qaytardi!
21. Jorjino Viynaldum oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga zarbaga o'xshash zarba berdi, Ochoa odammasmi? U to'pni osongina ilib oldi
20. Meksikaning "duxi" ancha baland! Errera hozir raqib jarima maydoni ichida ikki nafar futbolchi orasida qolib ketdi, burchak to'pidan so'ng Salsido hujumda qoida buzdi
19. Verxagning o'ng qanotdan oshirgan to'piga "labbay" deydidan odam topilmadi
18. Kutilgan odam keldi shekilli jamoalar hujumlarni qalashtirib tashlashmoqda!
17. UXXXXXXXXXXXXXX! Ererraaaaaaa! Uning 12 metrlardan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi!
15. Robben! Tezlanish oldi bu bola! Jarima maydoni yoniga borib to'pni van Persiga uzatishga urindi, to'p Markesning qo'liga tegdi. Aren darhol hakamga qarab "penaltiiiiii" dedi. Hakam emas "o'yinini o'ynaaaaaaaa" dedi...
14. Jamoalar hozircha u qadar yorqin o'yin namoyish etishmayapti. Kimnidir kutishayaptimi deyman?
13. Xavli vaziyayayayayayayayayayat! Layyun chap qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Dos Santos to'pga eta olmadi! Agar eta olganida.... hisob ochilardi
12. Oppa! Stadionda muxlislar jonli to'lqinni boshlashdi. Bitta odamga salom! Tushungan tushunadi)
9. O'zgarish. Gollandiya. De Yong o'rniga Martins Indi tushdi
9. Maydonda hozircha qiziqarli vaziyat bo'layotgani yo'q. Jamoalar hujumga o'tishga shoshilishmayapti
6. Maydonda chaqirilmagan mehmon bor. Bu oq, qizil va yashil rangli sharlar... Meksika bayrog'i kimning esida bor?
5. Gollandlar to'pni bir birlariga oshirib turishibdi, deyarli barcha futbolchi to'pni qabul qilib olib sherigiga oshirishga ulgurdi...
3. Meksika ancha faol. Yana bir zarba biroz kuchiz va noaniq!
2. Uchrashuvdagi ilk zarba! Kim berdi deysizmi? Meksikalik Layyun, zarba noaniq ketdi.
1. O'yin boshlandi!
- Haligi boru hali, haligichi! Haya qani kettik!
- Gilerme Ochoa, Aren Robben bu futbolchilar bugun bir birlariga qarshi o'ynashadi. Kimning qo'li baland keladi? Kuzatamiz!
- Ikkala jamoaning madhiyalari yangrab o'tdi. Lekin TVda faqat reklama bo'ldi...
- Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda. Bahsni portugaliyalik Pedro Proensa boshqarib boradi. Gollandiyaning o'yinida portugaliyalik hakam... hech nima demadim
- Stadionda bo'lmasak ham uning atrofida Ispaniya terma jamoasiga ishonib chiptalarni sotib olganlar chiptalarni sotib yurishganidan xabardor bo'ldik. Ha Ispaniya muxlislariga pand berib qo'ydi...
- Gollandiya va Meksika o'rtasidagi to'qnashuv boshlanish arafasida. O'yinni biz bilan kuzatib boring! Televizorni o'chirib qo'ysangiz ham bo'laveradi, bu erda undan ko'ra yaxshiroq translyaciya bo'lib o'tadi! )
- Asslomu alaykum qadrli futbol muxlislariiiiiii! Balkoooooon! Narzulladan alangali salomlar!
- O'yin soat 21:00da boshlanadi.
Fikrlar