Gilfi Sigurdsson: "Lamela fantastik o'yin namoyish etdi"
08 noy 2013 16:54
Yangiliklar


Gilfi Sigurdsson: "Lamela fantastik o'yin namoyish etdi"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Gilfi Sigurdsson Evropa ligasi 4-turidan o'rin olgan "SHerif"ga qarshi o'yindan (2:1) so'ng jamoadoshi Erik Lamelani maqtadi.
- Ishimizni bajarishimiz kerak edi. "SHerif" ko'pchilik bo'lib himoyalandi, – deydi Sigurdsson UEFA rasmiy saytiga. – Ammo gol urishimiz bilan o'zimizni erkin his qila boshladik, raqib esa o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi. Uchrashuv oxirida gol o'tkazish shart emas edi. Lamela fantastik o'yin o'tkazdi – gol urdi, penalti ishladi. Bundan keyin doim shunday o'ynaydi deb umid qilaman.

Fikrlar