Giggz: "2003 yilda "Inter"ga o'tishim mumkin edi"
14 apr 2020 15:52
Yangiliklar
Giggz: "2003 yilda "Inter"ga o'tishim mumkin edi"
"Manchester Yunayted" afsonasi Rayan Giggz o'z vaqtida klubdan ketib, "Inter"ga o'tishi mumkin bo'lganini aytdi.
"Taxminan 2002-2003 yillarda Bekxem "Manchester Yunayted"dan ketganida mening Milanning "Inter" klubiga o'tishim mumkinligi haqida xabarlar yangragan edi.
Hech qanday gap-so'zni eshitmagandim, ammo menda mavsum starti o'shanda omadsiz kechgandi. Oxir-oqibat hammasi yaxshi bo'lgan.
Devid ketib qoldi, ammo men ketishni umuman xohlamaganman", - deydi Giggs.
Fikrlar