Germaniya terma jamoasi o'yinchisi "Liverpul"ga o'tishni xohlamoqda
20 jan 2020 16:47
Yangiliklar


Germaniya terma jamoasi o'yinchisi "Liverpul"ga o'tishni xohlamoqda
"Leypcig" hujumchisi Timo Verner faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishga qarshi emas.
Futbolchi nemis klubidan ketgan taqdirda Yurgen Klopp qo'l ostida ishlashni maqul ko'radi.
Qayd etish kerakki, futbolchining hozirgi jamoasi uning sotuvidan kamida 60 million evro ishlab olishni xohlamoqda.
Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 29ta gol va 7ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Timo 2017 yildan beri Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar