Gana afsonasi Asamoa Gyan faoliyatini yakunladi
21 iyu 2023 09:49
Yangiliklar
Gana afsonasi Asamoa Gyan faoliyatini yakunladi
Ganalik hujumchi Asamoa Gyan Akkradagi tadbirda faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
37 yoshli futbolchi 109 ta o'yinda 51 ta gol urgan holda Gana terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.
“Men o'z tajribam va bilimlarimni murabbiylik, futbol biznesi va skautlik sohasida qo'llayman”, dedi Gyan.
Gana terma jamoasi tarkibida futbolchi uchta jahon chempionatida ishtirok etgan, Afrika Millatlar Kubogining uchta medalini qo'lga kiritgan: ikkita kumush va bronza.
Gyan Italiyaning “Udineze” va “Modena”, Franciyaning “Renn”, Angliyaning “Sanderlend”, BAAning “Al-Ayn” va “Al-Ahli”, Xitoyning “SHanxay SIPG”, Turkiyaning “Kayserispor”, Hindistonning “Nort-Ist Yunayted”, Gananing "Liberti Profeshnls" va “Legon Sitis” klublarida o'ynagan.
Fikrlar