Yaponiya Ganani, Koreya esa Boliviyani dog'da qoldirdi
14 noy 18:18
Yangiliklar
Yaponiya Ganani, Koreya esa Boliviyani dog'da qoldirdi
Yaponiya va Gana o'zaro o'rtoqlik o'yinida qatnashdi.
Yaponiyada tashkil etilgan bahsda mezbonlarning qo'li baland keldi. Yaponiyaliklar Takumi Minamino hamda Ricu Doanning gollari evaziga ishonchli g'alabaga erishdi. Koreya Respublikasi ham "samuraylar" singari ishonchli g'alabani tantana qildi. Ikkinchi taymdagi gollarga Son Xyon Min va Cho Gue Son mualliflik qildi.
Yaponiya – Gana 2:0
Ayshi prefekturasi. "Toyota Stedium"
Gollar: Minamino 16', Doan 60'

Koreya – Boliviya 2:0
Tedjon. "Tedjon Vorld Kap Stedium"
Gollar: Son Xyon Min 57', Cho Gue Son 88'

Eslatib o'tamiz, Yaponiya, Gana va Koreya Respublikasi JCH-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan, Boliviya esa pley-offda mundial chiptasi uchun kurashni davom ettirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar