So’nggi yangiliklar

22:45Янги федерацияни нималар кутмоқда?  2 22:17Янги футзал федерацияси раҳбари қандай ваъдалар берди?  0 21:46ПСЖ АПЛдан ҳужумчи олиши мумкин  0 21:15"Арсенал" Гёкереш борасида бир қарорга келди  4 20:41"Тоттенхэм" Сон Хён Мин билан хайрлашиши мумкин  2 20:17"Бавария" "Боруссия Д" вингерига даъвогар  0 19:581 йилдан бери гол урмаётган Грилиш "Сити"дан кетиши мумкин  2 19:52Санжар Турсунов — "Локо"нинг тушиб кетиши, Бердиевни табриклагани, клубдаги мантиқсиз ишлар ва келажаги ҳақида   5 19:35МЮ Брунунинг ходимлар харажатларини тўлаш таклифини рад этгани маълум бўлди  2 19:20Расман: Ўзбекистон футзал федерацияси ташкил этилди. Унинг раҳбари ҳам маълум  7 19:10Баҳодир Сейткамолов: "Мени Сейткамолов қилган "Навбаҳор" бўлади, Россияда юрдим лекин футболни соғиндим"  11 18:46БМБ футзал клуби раҳбариятида ўзгариш рўй берди  1 18:25"Ливерпуль" Венгрия терма жамоаси ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқчи. Унга МЮ ва "Челси" ҳам даъвогар  0 17:58"Ланс" 17 ёшли иқтидорни 2 млн еврога сотиб олади  2 17:32Расман: Игорь Сергеев – "Пахтакор" аъзоси!  22

"Jahon chempioni darvozasiga urgan golimni hech qachon unutmayman" - butsalarini "Neftchi"da mixga ilgan SHerzod Karimov bugun nima bilan band? Yangiliklar

"Jahon chempioni darvozasiga urgan golimni hech qachon unutmayman" - butsalarini "Neftchi"da mixga ilgan SHerzod Karimov bugun nima bilan band?

Yaqindagina ko'z o'ngimizda yashil maydonda javlon urayotgan ayrim futbolchilarni diqqat markazidan yo'qotib qo'yamiz.

2008 yillarda yoshlar terma jamoasidagi ajoyib o'yinlari, gollari bilan katta sahnaga kirib kelgan SHerzod Karimovni yaxshi bilsangiz kerak. 

"Yoshligimda dadam meni futbolga olib borganlar. Menimcha 90 foiz futbolchilarda shunday bo'lsa kerak. Yoshligim Farg'onada o'tgan. Dastlab Farg'ona futbol maktabida tahsil olganman, keyinroq Toshkentda CHig'atoy futbol maktabida o'qishni davom ettirganman

Farg'onada o'qib yurganimda birinchi murabbiyim Yo'ldosh aka Ortiqov edi. Keyinchalik Mixail Andrevich Ivanov qo'l ostida shug'ullanganman. Aynan Mixail Ivanov boshchiligidagi jamoa Toshkentda Respublika tayyorlov guruhlari doirasida Ahmad Ubaydullaevning jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etgandik. O'sha o'yindan keyin Ahmad aka meni CHig'atoyga taklif qilgandilar",- deya eslaydi sobiq to'p tepar. 

2008 yil Saudiya Arabistoni mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida Karimov terma jamoamizni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan. Guruh bosqichida uning goli Avstraliya bilan o'yinda 1 ochkoni taqdim qilgan bo'lsa, yarim finalda Koreya Respublikasiga urgan super goli final yo'llanmasini taqdim qilgandi. Qiziq u qanday qilib sardor bo'lib qolgandi?

"Jamoa tuzilganida futbolchilar o'rtasida so'rovnoma bo'lib o'tgan. Yigitlar menga ishonch bildirishgan. Aynan shu ishonchni oqlash uchun ham maydonda ikki karra ko'proq ter to'kish kerak. Jamoaga doim dalda bo'lish, qiyin vaziyatlarda sheriklarining ruhiyatini ko'tarishi lozim. CHig'atoyga kelganimda Sunnatilla Mamadaliev sardor edi. Bir yildan so'ng meni jamoa sardori etib tayinlashgan. SHu sababli terma jamoaga ham sardor sifatida tanlashgan bo'lsa kerak",- deydi SHerzod Karimov


Koreya bilan kechgan yarim final o'yini haqida

"Yarim finalda Koreya Respublikasi bilan o'ynagandik. Asosiy maqsad Jahon chempionatiga chiqish vazifasi bajarib bo'lingandi. Lekin bosh murabbiyimiz Ahmad Ubaydullaev bizni ruhlantirib bugun yutsanglar finalga chiqasizlar va tarixga kirasizlar degandilar. Koreyslarga qarshi bahsda mening golim yagona bo'lib qolgan va biz finalga yo'l olgandik"

2009 yil Misr mezbonlik qilgan U-20 Jahon chempionatida ham yorqin o'yin ko'rsatdi. SHerzodbek Karimov xuddi bugungi Abbos Fayzullaev singari yonib turgan olov yillari edi. Gana bilan guruh bosqichida  46-daqiqada aynan SHerzod Karimov ilk golga mualliflik qiladi. Biroq Gana qolgan daqiqalarda 2 ta gol urib g'alabani o'ziniki qiladi. 

"O'yinlarga keladigan bo'lsak birinchi o'yin Ganaga qarshi kechgan. Juda kuchli hayajon qamrab olgandi. Ikkinchi bo'lim boshida hisobni ochgandik. Keyin bo'shashganmizmi nimadir bo'lgan va ganaliklar ikkita gol urib g'alaba qozonib ketishgandi. Gana futbolchilari haqiqatdan ham jismonan kuchli va tezkor edi. Lekin aynan ular Jahon chempioni bo'lishiga ishonmagandim. Braziliya chempion bo'lsa kerak deb taxmin qilgandim. Finalda Gana haqiqiy matonat ko'rsatib chempion bo'lgandi. Jahon chempioni bo'lgan jamoaga gol urganimni hech qachon unutmayman",- deydi SHerzod Karimov.

Jahon chempionatidan so'ng terma jamoaning ko'plab futbolchilari qatorida SHerzod Karimovga "Rubin"dan taklif bo'ladi. Lekin uning transferi amalga oshmaydi. 

"Jahon chempionatidan so'ng bir qator futbolchilarga xorijdan takliflar bo'lgandi. Ivan Nagaev, Fozil Musaev, Islom To'xtaxo'jaevga takliflar bo'lganini bilaman. O'zimga ham "Rubin" klubidan taklif tushgandi. Lekin klublar o'zaro kelisha olishmagani uchun Rossiyaga o'tishim amalga oshmagan. Lekin buning uchun klubimdan xafa bo'lmaganman, sababi ular meni yoshligimdan tarbiyalashgan. Agar klubni qoniqtiradigan taklif bo'lganida meni qo'yib yuborishardi deb o'ylayman",- deydi sobiq futbolchi. 

2009 yil Toshkentda kechgan Bosniya va Gercogovinaga qarshi bahsda milliy terma jamoada debyutni amalga oshiradi. O'shanda Mirjalol Qosimov unga dastlabki imkoniyatni bergandi. 

Klubdagi faoliyatida "Paxtakor" muhim o'rin tutadi. U "sherlar" libosida 114 ta o'yinda maydonga tushgan va 16 ta gol muallifiga aylangan. Legioner sifatida 2013 yil Xitoyning "Cindao Xayniu" jamoasida yarim mavsum to'p tepganini aytish joiz. 

"Eng asosiy muammo bu jamoaga qo'shilib keta olmaganim bo'lgan. Bundan tashqari ilk bor xorijda o'ynagandim. Ovqatlariga ham ko'nika olmaganman. Ovqat emasangiz kuch bo'lmaydi, mashg'ulotlarda va o'yinlarda ishtirok etish uchun esa kuch kerak. Til borasida muammo bo'lmagan. Yonimda doim tarjimon yurardi. Balki koreyalik murabbiyga mening o'yin uslubim maqul kelmagandir",- deydi SHerzod Karimov.


VUNDERKIND LOYIHASI YODINGIZDAMI?


"Lokomotiv", "Navbahor", "Surxon", "Qizilqum" jamoalaridagi faoliyati barqaror o'tgan deya olmaymiz. SHerzod Karimov 2022 yil "Neftchi"da mavsumni yakunladi va butsalarini mixga ildi. Sobiq futbolchi endilikda Farg'onada "Neftchi Kids" bolalar futbol maktabiga asos soldi va murabbiylik qadamlarini tashladi. 

Yana qaysi futbolchining bugungi faoliyati qiziq?

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика