Eshitdik-da! "Mashal" ganalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
21 jan 2025 14:22
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Mashal" ganalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi
Markaziy himoyachi Mudasiru Salifu faoliyatini O'zbekistonda davom ettiradi.
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Muborak jamoasi safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Mudasiru Salifu faoliyati mobaynida Gana, Moldova va Saudiya Arabistoni mamlakatlarida to'p tepgan. 2021/22 yilgi mavsum "Asante Kotoko" jamoasi bilan Gana Premer-ligasida, 2022/23 yilgi mavsum "SHerif" bilan Moldova Superligasida zafar quchgan.
Salifu 2023/24 yilgi mavsum Saudiya Arabistonining "Al Bukiriya" jamoasi safida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 marta ogohlantirilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.

Avvalroq "Mashal" nigeriyalik yarim himoyachisi bilan xayrlashgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar