Galliani “Milan” vice-prezidentligidan ketishi mumkin
08 noy 2013 14:11
Yangiliklar


Galliani “Milan” vice-prezidentligidan ketishi mumkin
“Milan” klubi vice-prezidenti Adriano Galliani, klub prezidenti Silvio Berluskoni o'z o'rnini qizi Barbaraga bo'shatib bergan taqdirda, istefoga chiqishi mumkin.
Galliani Berluskonining qizi Barbara bilan munosabati yomonlashgandan so'ng, shunday ultimatum qo'yishga qaror qildi, deb xeber beradi Eurosport.
Biroq agar Silvio Berluskoni o'z o'rnini tark etmasa, Galliani ham vazifasini davom ettirishini takidlagan.
Eslatib o'tamiz, Gallianining “Milan”da amalga oshirayotgan befoyda transferlari va klubda oqilana investiciya ishlarini olib bormayotganligi sababli, Barbara otasidan vice-prezidentni haydashni so'ragan.

Fikrlar