Futzal: SHuxrat Po'latov OCH saralash o'yinlarini boshqaradi
08 noy 2013 17:31
Yangiliklar


Futzal: SHuxrat Po'latov OCH saralash o'yinlarini boshqaradi
Futzal bo'yicha o'zbekistonlik FIFA referisi SHuhrat Po'latov shu yilning 8-12 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lupur shahrida bo'lib o'tadigan OCH saralashi G'arbiy mintaqasi o'yinlarini boshqarish uchun taklif oldi.
8-12 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida kelasi yili Vetnamda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo CHempionati saralash g'arbiy mintaqa o'yinlari bo'lib o'tadi. Mazkur saralash bahslarida Kuvayt, Livan, Qatar, Saudiya Arabistoni hamda Iroq terma jamoalari Osiyo chempionatiga beriladigan uch yo'llanma uchun kurash olib boradilar.
Etiborlisi, mazkur saralash o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar orasida o'zbekistonlik FIFA referisi SHuhrat Po'latov ham bor.
Eslatib o'tamiz, 5-7 noyabr kunlari Toshkentda OCH-2014 saralash Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqasi o'yinlari bo'lib o'tdi va unda O'zbekiston terma jamoasidan tashqari Tojikiston hamda Qirg'iziston terma jamoalari OCH yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Fikrlar