So’nggi yangiliklar

23:17"Реал"дан расмий баёнот: "Буни қабул қилиб бўлмайди"  1 23:01RFEF ҳакамлар борасида расмий маълумот чиқарди  11 22:46НИМА? "Реал" финалда иштирок этмаслиги мумкин  15 22:27БУМ! "Реал" финал олдидан бўладиган барча тадбирларни бекор қилди. Бу бойкотми?  21 22:13"Барселона" - "Реал" ўйини бош ҳаками финал олдидан матбуот анжуманида йиғлаб юборди  11 21:54Слот АПЛ ҳақида: "Бу қийин лига, авваллари топ-5 учун бундай кураш бўлмаган"  2 21:12Кейлор Навас: "Барселона" менга қизиққани борасидаги хабар ёқиб тушди"  0 20:52"Ювентус" ЕЧЛга чиқа олмаса, катта зарарга учраши, бир қанча футболчилар кетиши мумкин  2 20:23Невилл Слот ҳақида: "У зўр ишлади. Мавсум олдидан кимдир "Ливерпуль"ни чемпион бўлади демаганди"  2 19:56"Кўринмай қолган" Жоау Феликсга 4 та клуб даъвогарлик қилмоқда  4 19:34Роналду "Ал Насср" билан янги шартномасига кўра дақиқасига 327 фунт ишлаб топади  10 19:11"Барселона" ва "Реал" Испания Кубоги финали учун қайдномани эълон қилди  5 18:49Моуринью Португалия терма жамоаси бош мураббийига айланишга яқин  4 18:22"Бавария" икки футболчисини сотмоқчи  0 17:55Пепе "Барселона" – "Реал" тўқнашуви бўйича тахминини билдирди  24

Futzal. "Jizzax Kenteks" "Paxtakor" darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritib, O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi Yangiliklar

Futzal. "Jizzax Kenteks" "Paxtakor" darvozasiga javobsiz beshta to'p kiritib, O'zbekiston kubogi sohibiga aylandi

Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi finalini tomosha qiling

"Paxtakor" - "Kenteks" 0:5

Gol: Ilhomjon Hamroev (6), Husniddin Nishonov (20), Elbek To'lqinov (23), Husniddin Nishonov (25), Husniddin Nishonov (27)

"Paxtakor": Sunnatjon Anvarov, Dilshod Irsaliev, Feruz Faxriddinov, SHerzod Mustafaev, Alisher Ibragimov

Zaxira: Xumoyun Rahmatullaev, Sardor Babajonov, Ilxom Kamilov, Sevastyan Mojaev, Muhammad Zoirov, Akmal Elmurodov, Konstantin Sviridov, SHoislom SHobahromov, Oybek Mirzoxidov

"Kenteks": Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiev, Ilhomjon Hamroev, Davron CHoriev, Husniddin Nishonov

Zaxira: To'ychivoy Berdiev, Anasxon Rahmatov, Otamurod Jumanov (s), Dilshod Rahmatov, Farxod Abdumavlyanov, Elbek To'lqinov, Dilmurod Jumaev, Hushnur Erkinov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! "Jizzax Kenteks" — O'zbekiston kubogi sohibi!

40. Hujum bartaraf etildi.

40. Ilhom Komilovga nisbatan qoida buzildi. Ehtimol so'nggi hujum bo'lishi mumkin.

39. "Paxtakor"ning ikkinchi darvozaboniga ham qo'pollik ishlatildi. Posbonsiz qolmasa bo'lardi "sherlar".

37. Irsalievdan zarba va Elmurodovdan seyv!!!

36. CHoriev to'pni maydonda saqlab qola olmadi, oqibatda qarshi hujumda "sherlar" yaxshi harakat qildi, biroq darvozaga yo'l topa bilmadi.

35. Davron CHoriev hujumda darvozabonni ham aldab o'tdi, biroq zarba yo'llay olmadi.

33. Faxriddinov qulay vaziyatdan foydalana olmadi.

33. Anvarov jarohat olib, maydonni tark etdi, "sherlar" hozircha 5-o'yinchi bilan o'ynamoqda, zaxiradagi posbon o'yinga tayyor.

32. Sunnatjon Anvarovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, "Paxtaokr" posboni yordamga muhtoj.

32. Alisher Ibragimov uzoq masofadan zarba yo'lladi, darvozabon mahorat ko'rsatdi.

31. "Paxtakor" bor etiborni oldinga qaratmoqda, "Kenteks" esa qarshi hujumda o'z omadini sinamoqda.

29. Gol urmagan Abbos Elmurodov qoluvdi. Uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

28. "Paxtakor" darvozabonsiz o'ynamoqda, ularda boshqa chora qolmadi.

27. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Nishonov biroz avval urilgan golni ko'rolmay qolganlar uchun qayta ijro qilib berdi.

26. Abbos Elmurodov arenaning tomini nishonga oldi.

25. Abbos Elmurodov sal qolmasa hisobning qisqarishiga sababchi bo'lardi.

24. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Nishonovning zarbasiga darvoza to'ri ham dosh berolmadi, to'p uni yorib chiqib ketdi.

24. Dilshod Rahmatov olisdan o'ng oyoqda zarba yo'lladi, biroq aniqlik etishmadi.

23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLL!!! Kombinacion hujumni To'lqinov chiroyli tarzda yakunlab qo'ydi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Muxlislar ham bo'sh kelmayapti.

Birinchi bo'lim yakunlandi.

20. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Nishonov dabl-penaltini aniq amalga oshirdi!

20. "Paxtakor"da oltinchi fol va dabl penalti.

19. Dilshod Rahmatov bo'sh darvozani mo'ljalga ololmadi.

18. Uxx! "Kenteks" hmoyachisi darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytardi, Sviridov o'z hisobiga gol yozib qo'yishi mumkin edi.

17. "SHerlar"da Irsaliev o'ynovchi posbon bo'lib maydonga tushdi.

17. "Paxtakor" o'yinchilari hujumda bir-birini tushunmadi, oqibatda hujum besamar yakunlandi.

16. Sviridovdan xavfli zarba, biroz aniqlik etishmadi.

15. Ropiev uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, yaqindan urolmagan uzoqdan urarmidi...

15. Uxx! Ropiev bo'sh darvozaga noaniq zarba berdi.

15. "Paxtakor" jarima maydonchasi chizig'i yaqinida jarima to'pi belgilanmoqda. Follar 5:1 ga etdi.

14. Abbos Elmurodov "SHerlar" darvozaboni boshlagan hujumni bartaraf etdi.

Taym-out

Follar bo'yicha ko'rsatkich 4:1

13. Akmal Elmurodov ikki o'yinchini aldab o'tdi va to'p o'rniga havoni tepdi.

13. CHorievning pasini Hamroev golga aylantirolmadi, vaholanki birga-bir vaziyat yuzaga kelgandi.

13. "Kenteks"da standart vaziyat yuzaga keldi.

13. UXX! Rahmatovning olisdan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.

12. "Kenteks" futbolchisi yana uzoq masofadan o'z omadini sinab ko'rdi, noaniq.

11. Rahmatovning zarbasini darvozabon qaytardi, "sherlar"ning qarshi hujumi ko'ngildagidek chiqmadi.

10. Abbos Elmurodov markazgacha kelib, zarba yo'lladi, noaniq.

10. Abdumavlonov yiqitildi, biroq hakam o'yin qoidasi buzlmaganini etirof etid. 

9. "Kenteks" ikki bor xavfli hujum tashkillashtirdi.

9. "Paxtakor" futzalchisiga nisbatan fol qayd etildi. Jizzaxliklar tarkibida ogohlantirish.

6. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLL!!! Hamroev hisobni ochdi.

5. ZARBA! CHorievning zarbasini darvozabon qaytardi.

3. Jizzaxliklar tashabbusni o'z qo'liga olishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика