⚡️ Futzal bo'yicha Jahon chempionatini O'zbekiston hududida qaysi kanallar namoyish etishi aniq
10 sen 2021 12:39
Yangiliklar
⚡️ Futzal bo'yicha Jahon chempionatini O'zbekiston hududida qaysi kanallar namoyish etishi aniq
12 sentyabr kuni Litva mamlakatida futzal bo'yicha Jahon chempionati start oladi.
Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Mundial bahslarini O'zbekiston hududida MTRK qoshidagi "Sport" va "Yoshlar" telekanallari namoyish etadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 12 sentyabr kuni Gvatemala, 15 sentyabrda Rossiya va 18 sentyabrda Misr bilan o'ynaydi.
Fikrlar