Futbol uchrashuvi o'rniga "Otalar so'zi"
14 mar 2020 16:57
Yangiliklar
Futbol uchrashuvi o'rniga "Otalar so'zi"
Bugun, 14 mart kuni Superliganing 3-turidan o'rin olgan 3ta uchrashuv o'tkazilishi kerak.
"Sport" telekanali uchchala uchrashuvni jonli efirda namoyish etishi haqida Telegramdagi sahifasida elon qilgan edi.
Afsuski, "Mahalla" telekanalida ko'rsatilishi kerak bo'lgan "Mashal" - "Qizilqum" o'yini o'rniga "Otalar so'zi" ko'rsatuvi namoyish etilmoqda. Hozircha telekanalning Telegramdagi sahifasida ushbu o'yin translyaciyasi haqida hech qanday malumot berilmagan.
YANGILANDI
"Sport" telekanali sahifasida "Mashal" - "Qizilqum" uchrashuvi haqida rasmiy xabar elon qilindi. Ushbu o'yin bugun 22:30da yozib olingan holda "Sport" telekanalida namoyish etiladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar