So’nggi yangiliklar

21:15"Барселона" расман Войцех Шесни билан шартнома имзолаганини эълон қилди  0 20:57ОЧЛ 2. Ҳисобда ортда бораётган "Насаф" камбэк қайд этган ҳолда "Шабаб Ал Аҳли"дан устун келди  147 20:30Афсонанинг қайтиши? Зидан МЮ бошқарувига келиши мумкин   4 19:57"Сити" МЮ рекордини такрорлади  0 19:32Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Грузиядан устун келди  2 19:15Футзал бўйича ЖЧ. Украина – Бразилия (матнли трансляция  4 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  10 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  3 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  7 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  9 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  1 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7

Franciya - Nigeriya. PREVYU Yangiliklar

Franciya - Nigeriya. PREVYU

Brazilia shahrida Franciya va Nigeriya terma jamoalari uchun chorak final yo'llanmasi uchun bahs olib borishadi.
Dastlabki ikki kunda faqat guruh g'oliblari chorak final yo'llanmasiga ega chiqishdi. Francuzlar guruh bosqichida hujumkor o'yin namoyish qilib, raqib darvozalari sari eng ko'p zarba yo'llashdi. Desham Ekvadorga qarshi bahsda 5 nafar asosiy futbolchisiga dam olish imkoniyatini yaratib berdi. Markaziy yarim himoyada kimni maydonga tushirishni Desham oxirgi pallalarda qaror qilsa kerak. Avvalgi bellashuvlarda Pogba va Sissokolardan biri Kabay hamda Matyuidi bilan birga harakat qildi. Hujumda esa Benzemaga Grizmann yoki Jiru yordam beradi.



Nigeriya esa guruh bosqichida o'rtacha taassurot qoldirdi. Bosniyani enggan jamoa Eron va Argentina bilan o'yinlarda ochko yo'qotdi. Jamoaning himoyasi bo'shligi ko'rinib qoldi. Lekin hujumda tezkor futbolchilari evaziga Franciyaga muammo yaratishi mumkin. SHunga qaramay, markazda etakchilikni o'ziga oladigan o'yinchi yo'qligi bilinib turibdi.



FRANCIYA - NIGERIYA
21:00. Brazilia. "Mane Garrincha" stadioni.
Bosh hakam:
Mett Gayger (AQSH).
Taxminiy tarkiblar
Franciya:
Loris - Debyushi, Koselni, Varan, Evra - Kabay, Pogba, Matyuidi - Valbuena, Jiru, Benzema.
Nigeriya: Enyama - Embrouz, Yobo, Omeruo, Oshaniva - Mikel, Onazi - Musa, Odemvingi, Uzoeni - Emenike.
Jarohat olganlar: Saxo - Babatunde, Mozes, Oboabona.
Diskvalifikaciya xavfida turganlar: Evra, Pogba - Mikel, Oshaniva, Omeruo.



Bu jamoalar shu kungacha bir bor o'rtoqlik uchrashuvida to'qnash kelib, unda Nigeriya 1:0 hisobida zafar quchgan. Franciya nimchorak finallarda umuman yutqazmagan. Nigeriya esa ikki marta ushbu bosqichdan keyin ortga qaytgan. Hozircha bu afrikaliklar uchun eng yaxshi natija hisoblanadi.

Behzod Nazarov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика