Franciya. "Monako"ning omadsiz starti, PSJ va "Lion"ning ishonchli o'yinlari haqidagi 1-tur sharhi
13 avg 2019 11:11
Yangiliklar


Franciya. "Monako"ning omadsiz starti, PSJ va "Lion"ning ishonchli o'yinlari haqidagi 1-tur sharhi
"Monako" dastlabki turni o'z maydonida o'tkazdi. Jardim shogirdlari ushbu "Lion"ga qarshi o'yinda 0:3 hisobida mag'lubiyat uchradi va mavsum starti ular uchun omadli boshlanmadi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Dembele hisobni ochgan bo'lsa, 30-daqiqada "Monako" yarim himyaoyachisi Sesk Fabregas qizil kartochka oldi va maydonni erta tark etdi. 10 kishi bo'lib qolgan maydon egalari 36-daqiqada Depay va o'yin so'ngiga 10 daqiqa qolganida Tusar tomonidan kiritilgan gollar evaziga imkoniyatni boy berishdi.
Monaco |
Ligue 1 . 1-tur 10/08/2019, 00:45 3
:
0
Tugadi
|
Lyon Moussa Dembele - 5', Memphis Depay - 36', Lucas Tousart - 80' |
Stadion: Stade Louis II, Monaco, 12663 tomoshabin
Bosh hakam: Ruddy Buquet
Villash-Boash boshchiligidagi "Marsel" klubi kutilmaganda birinchi turni "Reyms"ga qarshi mag'lubiyat bilan o'tkazdi. Olimpik klubi 58 va 90-daqiqalarda Dia va Yun kiritgan gollar hisobiga o'z muxlislari qarshisida uyalib qolishdi.
Marseille |
Ligue 1 . 1-tur 10/08/2019, 21:30 2
:
0
Tugadi
|
Reims Boulaye Dia - 58', Hyun-Jun Suk - 90' |
Stadion: Stade Orange Velodrome, 52887 tomoshabin
Bosh hakam: Jerome Brisard
"Lill" klubini bir qancha iqtidor egalari tark etgan bo'lsa ham kuchsizlanib qolgani yo'q. Pepe "Arsenal" klubiga o'tib ketganidan so'ng, nigeriyalik 20 yoshli hujumchi Viktor
Osimxen birinchi turda o'zini ko'rsatdi va dubl qayd etib jamoasiga kerakli va muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Lille Victor Osimhen - 19', Victor Osimhen - 80' |
Ligue 1 . 1-tur 11/08/2019, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Nantes Mehmet Zeki Celik - 51' |
Stadion: Stade Pierre-Mauroy, 34494 tomoshabin
Bosh hakam: Mikael Lesage
PSJ har doimgidek Franciya chempionatini juda xotirjam boshlaydi va o'z peshqadamligini mavsum davomida saqlab qoladi. Parijliklar "Nim" klubiga qarshi kechgan o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinda gollarni Kavani, Mbappe va Di Mariyalar kiritishdi.
Paris Saint-Germain Edinson Cavani - 24', Kylian Mbappe - 56', Angel Di Maria - 69' |
Ligue 1 . 1-tur 12/08/2019, 01:00 0
:
3
Tugadi
|
Nimes |
Stadion: Parc des Princes, 47151 tomoshabin
Bosh hakam: Clement Turpin
1-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing.
Monako 0:3 Lion
Marsel 0:2 Reyms
Nicca 2:1 Amen
Anje 3:1 Bordo
Monpele 0:1 Renn
Dijon 1:2 Sent-Etenn
Brest 1:1 Tuluza
Lill 2:1 Nant
Strasbur 1:1 Metc
PSJ 3:0 Nim
2-turda "Lion" "Anje"ni qabul qiladi, "Monako" safarda "Metc" bilan o'ynaydi, PSJ esa "Renn" klubini imtihon qiladi. 2-tur bahslari 16-18 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar