Fransiya. "Monako"ning omadsiz starti, PSJ va "Lion"ning ishonchli o'yinlari haqidagi 1-tur sharhi

13 avg 2019, 11:11
O'tgan hafta Fransiyada mavsum boshlandi.

"Monako" dastlabki turni o'z maydonida o'tkazdi. Jardim shogirdlari ushbu "Lion"ga qarshi o'yinda 0:3 hisobida mag'lubiyat uchradi va mavsum starti ular uchun omadli boshlanmadi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Dembele hisobni ochgan bo'lsa, 30-daqiqada "Monako" yarim himyaoyachisi Sesk Fabregas qizil kartochka oldi va maydonni erta tark etdi. 10 kishi bo'lib qolgan maydon egalari 36-daqiqada Depay va o'yin so'ngiga 10 daqiqa qolganida Tusar tomonidan kiritilgan gollar evaziga imkoniyatni boy berishdi. 


Villash-Boash boshchiligidagi "Marsel" klubi kutilmaganda birinchi turni "Reyms"ga qarshi mag'lubiyat bilan o'tkazdi. Olimpik klubi 58 va 90-daqiqalarda Dia va Yun kiritgan gollar hisobiga o'z muxlislari qarshisida uyalib qolishdi. 


"Lill" klubini bir qancha iqtidor egalari tark etgan bo'lsa ham kuchsizlanib qolgani yo'q. Pepe "Arsenal" klubiga o'tib ketganidan so'ng, nigeriyalik 20 yoshli hujumchi Viktor 

Osimxen birinchi turda o'zini ko'rsatdi va dubl qayd etib jamoasiga kerakli va muhim 3 ochkoni taqdim etdi. 



PSJ har doimgidek Fransiya chempionatini juda xotirjam boshlaydi va o'z peshqadamligini mavsum davomida saqlab qoladi. Parijliklar "Nim" klubiga qarshi kechgan o'yinda 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yinda gollarni Kavani, Mbappe va Di Mariyalar kiritishdi. 


1-turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing.

Monako 0:3 Lion

Marsel 0:2 Reyms

Nicca 2:1 Amen

Anje 3:1 Bordo

Monpele 0:1 Renn

Dijon 1:2 Sent-Etenn

Brest 1:1 Tuluza

Lill 2:1 Nant

Strasbur 1:1 Metc

PSJ 3:0 Nim

2-turda "Lion" "Anje"ni qabul qiladi, "Monako" safarda "Metc" bilan o'ynaydi, PSJ esa "Renn" klubini imtihon qiladi. 2-tur bahslari 16-18 avgust kunlari bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia