Shavkat Mirziyoev: "Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qo'llab-quvvatlaymiz"

30 iyun 2026, 14:10
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev O'zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo'yicha jahon chempionatidagi ishtirokiga to'xtalib o'tdi.

“Milliy jamoamizning AQSH va Meksika maydonlaridagi o'yinlarini butun xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon bo'lib, katta his-hayajon bilan kuzatib bordik. Futbolchilarimiz FIFA reytingida 5-o'rinda turgan Portugaliya, 13-o'rindagi Kolumbiya hamda ko'plab futbolchilari Yevropaning yetakchi klublarida to'p suradigan Kongo terma jamoalari bilan o'tkazilgan o'yinlar orqali o'ziga tajriba orttirdi, mundial nafasini his qildi desak, to'g'ri bo'ladi. Abbos Fayzullayev va Eldor Shomurodov jahon chempionatidagi ilk gollarini kiritib, xalqimizga xursandchilik bag'ishladi.

Milliy terma jamoamizning jahon chempionatidagi ishtiroki to'g'risida turli fikrlar bildirilmoqda.

Lekin Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a'zolariga ortiqcha his-tuyg'u bilan etiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qo'llab-quvvatlash, ruhini ko'tarish har qachongidan ham muhim”.

Katta g'alabalar hali oldinda ekani, buning uchun futbolni rivojlantirishga yanada keng sharoitlar yaratilishi, bu sohaga investiciya ko'paytirilishi takidlandi. Eng avvalo, bolalar futboliga e'tibor kuchaytirilib, mazkur sport umummilliy harakatga aylantiriladi.

Kelasi yilning yanvarida Saudiya Arabistoni maydonlarida o'tkaziladigan futbol bo'yicha Osiyo kubogiga tayyorgarlik hozirdan boshlanadi.

“Biz jamoamizga ishonamiz va ushbu musobaqada ham butun xalqimiz bilan qo'llab-quvvatlaymiz!”

– dedi Prezidentimiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: @FAUzbekistan