Francisko Martines: "Afg'onistonning ikki nafar mahoratli futzalchisi bor edi"
26 sen 19:15
Yangiliklar
Francisko Martines: "Afg'onistonning ikki nafar mahoratli futzalchisi bor edi"
Futzal bo'yicha jahon chempionati 1/8 finali doirasida Afg'onistonga qarshi o'yindan so'ng (3:1) Paragvay hujumchisi Francisko Martines saytimizga intervyu berdi.
"Nimchorak finalning eng qiziqarli, shu bilan birga, eng qiyin o'yinlaridan biri bo'ldi. Afg'oniston juda kuchli raqib sanaladi. SHukrki, bugun g'alaba qozona oldik.
Afg'onistonning ikki nafar mahoratli futzalchisi bor, ular yakkurashlarda juda xavfli edi. Qolgan o'yinchilar ham tajribali edi. Biz borada tayyorgarlik ko'rdik.
CHorak finalda qaysi jamoa bilan to'qnash kelishimizni bilmaymiz. Franciya — Tailand uchrashuvini tomosha qilamiz va bo'lajak raqibimizga qarshi tayyorgarlikni boshlaymiz", dedi jamoasining ilk goli muallifi.
Eslatib o'tamiz, Paragvay terma jamoasi chorak finalda Tailand — Franciya juftligi g'olibi bilan bellashadi.
Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.
Fikrlar