Flik Kloppni, Levandovski esa Myullerni ortda qoldirdi
30 avg 2020 20:05
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589631_original.jpg)
![](/upload/storage/589631_220.jpg)
Flik Kloppni, Levandovski esa Myullerni ortda qoldirdi
Germaniya sport jurnalistlari associaciyasi mamlakatning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlashdi.
Natijalarga ko'ra, “Bavariya” forvardi Robert Levandovski eng yaxshi futbolchi nomiga sazovor bo'ldi. U ovoz berish jarayonida jamoadoshlari Tomas Myuller va Yozua Kimmixni ortda qoldirgan.
SHuningdek, eng yaxshi murabbiy nominaciyasida myunxenliklar ustozi Xans-Diter Flik g'olib chiqdi. U 2019/20 yilgi mavsum davomida jamoani qabul qilib oldi va Bundesliga, Germaniya Kubogi hamda ECHLda zafar quchgan holda treblga erishdi. Flik so'rovnomada Yurgen Kloppdan (“Liverpul”) o'zib ketgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar