So’nggi yangiliklar

02:05"Барселона" "Реал" дарвозасига 5та гол уриб Испания Суперкубогини қўлга киритди  301 01:15Фарҳод Нишонов: "Абдуқодир Ҳусанов ва Файзуллаевлар туфайли бизни барча агентлар кузатиб бормоқда. Улар янги Ҳусановни қидиришмоқда"  0 00:56"Рома" "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 00:32"Ливерпуль" ва "Ньюкасл" Ла Лигадаги ҳимоячига кўз тикмоқда  0 00:10"Наполи" — "Верона". Таркиблар маълум  0 00:02ПСЖ — "Сент-Этьен". Барколя ва Дембеле асосий таркибда  0 00:00А Серия. Довбикнинг 90+8 дақиқада пенальтидан урган голи "Рома"ни "Болонья"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди, Шомуродов захирада қолдирилди  11 23:36Англия кубоги. "Саутгемптон", "Кристал Пэлас", "Ипсвич" ва "Ньюкасл" қуйи лига жамоаларини мағлуб этди  2 23:14U-20 Осиё кубогига тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон ёшлар терма жамоасининг Тошкентдаги машғулотларидан суратлар  1 22:54"Манчестер Юнайтед" 10 киши бўлиб "Эмирейтс"да "Арсенал"ни Англия кубогидан чиқариб юборди  75 22:49"Реал" — "Барселона". "Эл класико" учун таркиблар маълум  38 22:42Расман: "Пахтакор" бразилиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  17 22:15Ла Лига. "Атлетико" бу сафар "Осасуна"дан устун келиб, 1-ўринга қайтди. Мадридликлар барча мусобақаларда кетма-кет 14-бор ғалаба қозонишди  25 21:37Нойер "Бавария"да қоладими?  0 21:15А Серия. Дармианнинг голи "Интер"га меҳмондаги ғалабани тақдим этди  2

Filiposyan nega “Buxoro” klubidan xafa? Yangiliklar

Filiposyan nega “Buxoro” klubidan xafa?

Yaqinda xabar berganimizdek, himoyachi Artyom Filiposyan operaciya stoliga yotdi. Hozirda uyida rejim asosida davolanmoqda.

U 2016 yilgi mavsumni “Buxoro” safida o'tkazdi. Biroq jarohati unga barcha o'yinlarda to'liq ishtirok etishga halaqit qildi. Ammo futbolchi buxoroliklardan ranjiganini yashirmadi. Buni quyidagi gaplari orqali bilib olishingiz mumkin:

-   Futbolchi sog' bo'lgan paytida hammaga kerak bo'ladi-yu, ammo jarohatlangan chog'ida hech kimga kerak bo'lmay qolarkan, - deb gap boshladi Filiposyan. - Mening noliydigan odatim yo'q. O'zimni yig'ib qo'ygan pullarim bor edi. Operaciya qildirish uchun klubga qarab o'tirmasdan qancha sarflagan bo'lsam ham bu o'z pullarim. Xudoga shukr, hammasi yaxshi o'tdi. Hech narsani o'ylaganim yo'q. Tezroq sog'ayish hamda yana futbol o'ynash haqida o'yladim. Klubdan xafagarchilik nima bilan bog'liq bo'lishi mumkin? Oxirgi marta “Nasaf”ga qarshi o'ynaganimdan so'ng ikki yarim oy davomida davolanib yurdim. Bu payt oralig'ida esa “Buxoro” jamoasidan hech kim menga qo'ng'iroq qilgani yo'q, ahvolimdan xabar olishmadi. Klubning shifokori ham mening qanday jarohat olganimdan yaxshi xabardor edi. Biroq u ham biror marta qo'ng'iroq qilib yaxshimisan, tuzukmisan deb hol-avhol so'ragani yo'q. Xuddi keraksiz o'yinchidek chetga chiqarib qo'yishi albatta achinarli. Tachmurod Agamurodov ham bir bor qo'ng'iroq qilmadi. Lekin oila-azolarim, yaqinlarim davrasida Yangi yilni birga o'tkazganimiz va ularning sog'-salomatligi men uchun baxt. Yana 10 kun uyda yotaman va ungacha oyog'imni bosish mumkin emas. Keyin yanvar oyining o'rtalarida basseyn hamda trenajyor zaliga boraman. Fevraldan esa asta-sekin shug'ullanishni boshlayman. O'ylaymanki, yangi mavsumgacha sog'ayish uchun vaqtim bo'ladi.


Filiposyan shuningdek, aslida jarohati qanday sodir bo'lgani haqida ham gapirdi.
-   Mening jarohatim mavsum o'rtalarida paydo bo'lgandi. Ammo o'tib ketar deya yuraverdim. CHempionat doirasida “Qizilqum” bilan muhim uchrashuvni o'tkazdik va ishonchli g'alabaga erishdik. Vaholanki, o'sha o'yindan bir kun oldin oyog'imdagi og'riqni aniq his qildim. SHunga qaramasdan, muhim o'yinda maydonga tushib jamoamga yordam berishim kerak edi va biz ajoyib o'ynab uch ochkoni qo'lga kiritdik. Oldimizda esa “Nasaf”ga qarshi O'zbekiston Kubogi yarim final javob uchrashuvi kutib turgandi. Bellashuvdan oldin Tachmurod SHamakovichga oyog'im og'riyotganini va bu safar o'ynay olmasligimni aytdim. Ammo murabbiy himoyada yaxshi o'yin ko'rsatayotganimiz sababli mendan yana o'ynashimni so'radi. Natijada ukol yordamida maydonga tushdim. Ammo o'yindan keyin deyarli yura olmay qoldim. Toshkentda shifokorlarga murojaat qildim. Ular operaciya qilish kerakligini aytishdi. Ammo men bunga ko'nmadim va davolanish yo'li bilan sog'ayib ketishni xohladim. SHu yo'sinda 2,5 oy mobaynida davolandim. So'ng mashg'ulotlarga qaytdim, boshida hammasi risoladagidek ko'ringandi-yu, biroq 3-4 kun o'tgach, baribir chap oyog'imda og'riqni his qilaverdim. SHundan keyin jarrohlik stoliga yotmasam bo'lmasligini tushunib etdim. 26 dekabr kuni Toshkentda operaciya qildirdim. Hozir og'riqlar nisbatan kamaymoqda. Bunday paytda meni qo'llab-quvvatlab ko'nglimni ko'targan barchaga minnatdorchiligimni bildiraman. Lekin “Buxoro” jamoasining etiborsizligini kutmagandim.

SHunga qaramasdan Artyom Filiposyan ortda qolgan mavsumni o'zi uchun qoniqarli kechdi deb baholamoqda.   
-   2016 yilni o'zim uchun yaxshi o'tdi deb hisoblayman. “Buxoro” bilan 4-o'rinni qo'lga kiritdik. Bu jamoa uchun ajoyib natija bo'ldi. Muxlislar tolib-toshgan stadionda to'p surish har qanday futbolchiga zavq bag'ishlaydi. SHu o'rinda buxorolik ishqibozlarga minnatdorchilik bildiraman. Ular doim suyukli jamoasini qo'llab-quvvatlashdan to'xtashmasin.

Albatta, endi u o'z rejalarini o'zgartirishi turgan gap. CHindan ham Artyomga “Buxoro” klubining munosabati yoqmadi. Futbolchi esa keyingi taqdiri qanday kechishi mumkinligi borasida ham to'xtalib o'tdi.
-   Takliflarmi? Mavsum tugamasidan oldin ikkita klubdan aniq taklif bor edi. Endi esa vaziyat o'zgardi. Axir har bir klub o'z safida sog' futbolchi bo'lishini istaydi. Jarohatdan keyin ulardan keyin hech qanday murojaat bo'lmadi. SHuning uchun ayni paytda olimda biror-bir klubdan taklif yo'q. Muhimi, tezroq sog'ayib olish haqida o'ylayapman. Ko'cha-kuyda “Olmaliq”ning menga qiziqayotgani haqida eshitdim. Biroq bu klubdan hech kimga murojaat qilmadi. Baribir yangi mavsumdan umidim katta. “Buxoro” bilan tuzgan shartnomam esa tugadi. Ishonamanki, yana oyoqqa turib olganimdan so'ng takliflar etarli darajada bo'ladi. Men doim yaxshilikka intilishni yaxshi ko'raman va ishonamanki, men uchun hali barchasi yaxshi kechadi.

FIRDAVSXON

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика