So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  1 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  3 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  3 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  24 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

FIFA “Buxoro” futbol klubiga transfer taqiqi belgiladi Yangiliklar

FIFA “Buxoro” futbol klubiga transfer taqiqi belgiladi

Teglar :  Buxoro FIFAtaqiq
Oldinroq FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Buxoro” futbol klubi va klubning sobiq futbolchisi turkmanistonlik Rahat Japarov o'rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, klubga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlikni to'lash vazifasini yuklagan edi.

Dekabr oyida esa FIFA qaror asoslarini klubga yuborib, “Buxoro” futbol klubi zimmasidagi qarzdorlik to'lovini belgilangan muddatda to'lashi lozim ekanini yana bir bor malum qildi. Agar oldindan belgilanganidek, qaror chiqqan sanadan boshlab 45 kun muddat ichida moliyaviy majburiyatlar bajarilishi taminlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'yilishi bildirilgan edi.

FIFA mazkur qaror ijrosi taminlanmagani bois “Buxoro” futbol klubi uchun transfer taqiqini kuchga kiritdi. Endilikda “Buxoro” Rahat Japarov bilan bog'liq nizoli vaziyatni hal etgachgina yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin bo'ladi.

Bunday taqiq shuningdek, ayni paytda Qarshining “Nasaf” klubiga ham tatbiq etilgan. FIFA “Nasaf”ni franciyalik futbolchi Abdelae Diakite bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan deb topib, ushbu jamoaga ham dekabr oyidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha taqiq qo'ygan.

O'zPFL barcha futbol klublarini mahalliy yoki xorijlik futbolchi hamda murabbiylar bilan shartnoma tuzishda juda diqqatli bo'lishga va tuzilgan shartnoma bandlariga to'la rioya etishga, qarzdorlik masalalarini hamisha o'z vaqtida bartaraf etishga chaqiradi. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика