So’nggi yangiliklar

20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  0 20:06Суперлига. "Нефтчи" - "Бунёдкор" 1:1 (матнли трансляция)  23 20:00Суперлига. "Сўғдиёна" — "Насаф" 0:2 (матнли трансляция)  9 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  0 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1 17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  1 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  3 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  1 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  2 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  4

Ulug'bek Bakaev: "Durang adolatli natija bo'lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o'ynalmaydi" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Durang adolatli natija bo'lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o'ynalmaydi"

Superliga-2025 dastlabki uchrashuvi OKMK - "Buxoro" (2:1) bahsidan so'ng buxoroliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barcha futbol ixlosmandlarini Superliga starti bilan tabriklayman va barchaga omad tilayman. Biz bugun kuchli jamoaga qarshi o'ynadik. OKMKni Mirjalol Qo'shoqovich ko'p vaqtdan buyon boshqarib kelmoqda. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Umuman olganda, yaxshi o'yin bo'ldi. Jamoa munosib o'yin namoyish etdi. Ishtiyoq va kurashuvchanlik bo'yicha etirozlar yo'q. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarimiz o'yinga qo'shilib keta olmagandek. O'yin so'nggida o'tkazib yuborgan golimiz esa juda alamli bo'ldi. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Raqibimizni g'alaba bilan tabriklayman" - dedi Ulug'bek Bakaev bugungi uchrashuv haqida.

- "Buxoro" jamoasi bugun ancha kurashuvchan va yaxshi o'yin namoyish etdi. Bugungi uchrashuvning natijasi qanchalik adolatli bo'ldi deb o'ylaysiz? "Buxoro" bugun mag'lub bo'lishga loyiqmidi?

- Fikrimcha, OKMK g'alabaga loyiq o'yin namoyish etmadi. Durang adolatli natija bo'lar edi, ammo futbol faqat 90 daqiqa o'ynalmaydi, qo'shib berilgan daqiqalarda ham o'yin davom etadi. Jamoam yomon o'ynamadi, gol urishimiz va o'tkazib yuborishimiz ham mumkin edi. Biz durangga munosib edik, biroq so'nggi 3-4 daqiqani unutib qo'ydik va shu sababli mag'lub bo'ldik. Futbolchilarimga etirozim yo'q. Birinchi tur bahsi har doim qiyin kechadi, buyog'iga chempionat taqvimiga kirishib olishimiz kerak.

- Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan Asilbek Qayumovning o'yiniga qanday baho berasiz? Qayumov deyarli har bir vaziyatda to'pni yo'qotdi...

- Hozirgina shu haqda aytib o'tgandim, faqatgina futbolchining ism-sharifini aytmagan holda. O'zingiz buni sezibsiz. U to'pni qabul qilib olgan barcha vaziyatlarda to'pni yo'qotdi. Bunga nima sabab bo'ldi, bilmayman, balki o'yinga kirishib keta olmagandir yoki maydonga tushishdan oldin etarlicha qizib olmagandir. Bu haqda bir nima deyish qiyin. U yaxshi o'yin o'tkaza olmadi va ushbu muammoni hal etish haqida bosh qotirish kerak. Fikringizga qo'shilaman.

- Jamoangiz tezkor gol o'tkazib yubordi. Nima deb o'ylaysiz, o'tkazib yuborilgan tezkor gol jamoangizning o'yinga tayyorlagan rejasini qanchalik o'zgartirib yubordi?

- Jamoam Superliga bahslariga tayyor deb o'ylayman. Ruhiy  va jismoniy holatimiz ancha yaxshi. Tarkibimiz ham o'rtachadan baland degan bo'lardim. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng tezda hisobni tenglashtira oldik. Bir nima deyish qiyin. O'ylaymanki, o'yin durangga qarab ketayotgan edi. To'g'risi, mening fikrimcha o'sha vaziyatda fol bor edi. Har bir jamoaning o'z fikri bor, albatta. OKMK bu vaziyatda fol yo'q deydi, biz esa aksincha. Hakamlar ishini baholaydigan organlar ushbu vaziyatni ko'rib chiqishadi va yakuniy qaror chiqarishadi.

- "Buxoro"ning joriy mavsumdagi maqsadlari qanday? Yig'ilgan tarkibdan qanchalik qoniqyapsiz?

- Ancha yaxshi jamoaga yig'a oldik. Biz "to'rt" baholi tarkib yig'dik. OKMK ham ancha jiddiy raqib edi. Ular har mavsumda medallar uchun kurashadi. Chempionat ancha qiziqarli va kurashlarga boy kechadi deb o'ylayman. So'nggi daqiqadagi gollar va bunday o'yinlar soni ko'p bo'ladi deya taxmin qilishim mumkin.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика