So’nggi yangiliklar

01:27"Ювентус" ва "Фенербаҳче" келишувга эришди  0 00:47Европа лигаси. Санчонинг голи "Фенербаҳче"ни мағлуб этди ва бошқа натижалар  0 00:30Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан кетма-кет иккинчи мағлубият, "Ал Ҳилол"да йирик ғалаба  3 00:30«Реал»нинг келажаги, «Аякс» умиди ва кичик Станкович. Собиқ топ футболчиларнинг ўғилларида нима гап?  0 00:10ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 23:50Каземиро "Юнайтед"дан кетиши ҳақида нималар деди?  2 23:15"Челси" "Ювентус" футболчисини ижарага олмоқчи  0 22:52"Барселона" президентлик сайлови ўтадиган кун белгиланди  0 22:35Камолиддин Тожиев: "Шифокорлар билан маслаҳатлашган ҳолда Алижоновга бугун 30 дақиқа ўйнаш имкониятини бердик"  0 22:01"Манчестер Юнайтед" Каземиронинг кетишини маълум қилди  5 21:44Жасур Жалолиддинов: "Терма жамоага чақирув олиш - ғурур ва катта шараф"  6 21:17ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  9 20:55МЮ раҳбарияти жамоанинг собиқ футболчисини қайтаришни муҳокама қилмоқда  14 20:31Ўзбекистон терма жамоаси Дубайда иккита назорат ўйинини ўтказади  4 20:02Кайседо: "Росеньор "Челси"да ўз ишини аъло даражада бажаряпти"  1

"Legenda"ning o'zgarishlari ish berdi Yangiliklar

"Legenda"ning o'zgarishlari ish berdi

Sal avval Superliga 1-turidan o'rin olgan OKMK – "Buxoro" (2:1) uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Championat.asia jurnalisti Sherzod Nurmatov Superliga yangi mavsumini boshlab bergan mazkur uchrashuvdan keyingi kichik xulosasi bilan o'rtoqlashdi.  

OKMKda "legenda" (Mirjalol Qosimov)ning o'zgarishlari ish berdi va yakunda zaxiradan tushirilgan Ali Abdurahmonov mezbonlarga g'alaba taqdim etdi (2:1).

O'tgan mavsumni asosan zaxirada o'tkazib, sekin-asta boshlang'ich tarkib uchun davogarlik qilgan Saidafzalxon Axrorov bugun "Buxoro"ga qarshi to'liq o'ynadi. O'ynaganda ham alo darajada o'ynadi, menimcha. Tezligi, reydlari va uzatmalari Tolib aka Qosimovning tili bilan aytganda "asal")

Hujumchi Ajak Riak ancha bo'sh. Ayniqsa, bo'ydor bo'lishiga qaramay, ikkinchi qavatdagi kurashlarning deyarli barida yutqazdi. Ehtimol, keyingi turlarda o'yini ochilib ketar. Kleydi Daci va Ruben Sanches qaytsa, hujum chizig'ida jiddiy raqobat yuzaga keladi.

"Buxoro"da gol urgan Anvar Jo'raev yaxshi taassurot qoldirdi. Darvozabon Shirinboy Abdullaevning erkin zarbalari alohida mavzu. Uning tepgan to'plari maydon markazidan o'tmayapti desa ham bo'ladi. Xullas, turning ilk o'yini uchun kichik xulosam shular, hozircha. 

Ha, aytgancha, yorqin o'yin uchun jamoalarga, qiziqarli sharh uchun do'stim Muhammadyor Solievga rahmat. 

Bizdan uzoqlashmang! Tez orada ikki jamoa murabbiylarining fikrlaridan boxabar bo'lasiz.  

Muallif : Sherzod Nurmatov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика