O'zbekiston terma jamoasi Dubayda ikkita nazorat o'yinini o'tkazadi
22 jan 20:31
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi Dubayda ikkita nazorat o'yinini o'tkazadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazmoqda.
"Mazkur yig'in davomida murabbiylar shtabi tomonidan terma jamoaga nomzod futbolchilarning imkoniyatlarini sinovdan o'tkazish hamda ularning jismoniy holatini nazorat qilish rejalashtirilgan.
Mazkur yig'in FIFA kunlari doirasidagi rasmiy uchrashuvlardan tashqari reja asosida tashkil etilgan bo'lib, asosiy etibor futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishga qaratilgan.
Shu bois milliy jamoaning Xitoy milliy terma jamoasi hamda «Urartu» klubiga qarshi bahslari mashg'ulot uchrashuvi formatida o'tkaziladi. Mazkur o'yinlar yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tadi", - deyiladi O'FA bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar