Husniddin Aliqulov uchun mavsum yakunlandi. Futbolchi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi
21 jan 19:07
Yangiliklar
Husniddin Aliqulov uchun mavsum yakunlandi. Futbolchi Jahon chempionatida ishtirok eta olmaydi
"Chaykur Rizespor" klubi tibbiy komissiyasi raisi, professor Hasan Turut futbolchining sog'lig'i borasida rasmiy malumot berdi.
Tibbiy tekshiruvlar natijasi kutilganidan ham ayanchliroq bo'lib chiqdi. Himoyachining chap tizzasida bir yo'la bir nechta jiddiy shikastlanishlar aniqlangan.
Shifokorlarning qaroriga ko'ra, Aliqulov yaqin kunlarda jarrohlik stoliga yotadi. Uning yashil maydonlarga qaytishi uchun taxminan 6 oydan 9 oygacha vaqt talab etiladi. Bu esa Husniddin uchun joriy mavsum muddatidan avval yakunlanganini va katta ehtimol bilan terma jamoamizning Jahon chempionatidagi o'yinlarini o'tkazib yuborishini anglatadi.
Championat.asia tahririyati nomidan Husniddin Aliqulovga mustahkam sog'liq tilaymiz va uni tez orada yana maydonda ko'rishga umid qilamiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar