Husniddin Aliqulov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin

Khoja
5 yanv 2026, 08:48
"Rizespor" himoyachisi Husniddin Aliqulov faoliyatini Turkiyaning boshqa jamoasida davom ettirishi mumkin.

O'zbekiston MTJ himoyachi "Trabzonspor"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Narzulla Saydullaev xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Aliqulov "Rizespor" safida 2023 yilning yozidan beri harakat qilib keladi. Himoyachi joriy mavsum 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta assist qayd etdi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia