Sofascore. Shomurodov va Fayzullaev necha baho oldi?

Iskandarov Abdulaziz
1 fev 2026
Kecha Turkiya Superligasi 20-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Rizespor" o'yini bo'lib o'tdi.

Maydon egalari safida Eldor Shomurodov 19-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qildi, Abbos Fayzullaev 63 daqiqa to'p tepdi va almashtirildi. Sofascore portali Shomurodovga 7,3, Fayzullaevga 6,6 bahoni qo'ydi. 

"Istanbul Bashakshexir" navbatdagi uchrashuvini 4 fevral kuni "Karagumruk" jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia