Basketbol terma jamoasiga chaqirilgan, baliqli maydonda to'p tepgan hamda Jek Chittak muxlisi
16 jan 04:00
Yangiliklar
Basketbol terma jamoasiga chaqirilgan, baliqli maydonda to'p tepgan hamda Jek Chittak muxlisi
Murabbiylarni bemahal bezovta qilgan himoyachi faoliyati haqidagi qiziqarli malumotlarni mutolaa qilishingiz mumkin.
Velko Filipovich 1999 yil 11 oktyabrda Serbiyada tavallud topgan. Faoliyatini mahalliy "Borac Chachak" klubida boshlagan. Keyinchalik Serbiyaning "Yavor", "Sinjelich" jamoalari sharafini himoya qilgan.
12 yoshimda mashg'ulotlarga jiddiy kirisha boshlaganman. Aka-ukalarim futbolchi edi, shuning uchun men ham ularning orqasidan ketdim. Basketbol bilan ham shug'ullanganman, hatto milliy jamoa yig'inlarida bo'lganman. Ammo futbolni ko'proq yoqtirardim va kelajakda o'zimni yashil maydonda tasavvur qilardim.

20 yoshida uning faoliyatida tub burilish ro'y berib, Tailandga yo'l olgan va "Ayuttxaya Yunayted", "Patxum Yunayted", "Chiangmay", "Nakxonpatxom", "Rayong" klublarida to'p tepgan.
Ona yurtimda ayrim qiyin vaziyatlar bo'lgan. Birinchi ligaga chiqqanimizda murabbiyning taktikasi va qarorlaridan norozi edim. "Partizan"ga qarshi o'yinda yagona sog'lom markaziy himoyachi bo'lsam ham, zaxirada qoldirishdi. Keyin COVID boshlandi va Koreya uchinchi ligasi hamda Tailand ikkinchi ligasidan takliflar bo'ldi. Sobiq murabbiyim Tailand uslubi menga mos kelishini aytdi. Men 20 yoshda edim va shunchaki yangi sahifa ochishni istadim.
Serbiyadagi jamoamda uch nafar koreyalik futbolchi bor edi. Ulardan biri ilgari Tailandda o'ynagan. U menga bu erdagi o'yin uslubi – individuallik hamda tezlik menga juda mos kelishini aytdi. Taklif kelgach, Tailandda o'ynagan do'stlarim bilan maslahatlashdim. Ular ham bu er men uchun yaxshi joy ekanini aytdi.
Borishdan oldin liga, klublar, transfer bozorini o'rgandim. Do'stim menga o'yinlarni ko'rsatdi, ayniqsa "Ayuttxaya" haqida malumot berdi, chunki aynan o'sha erga ketishim kerak edi. Hatto biroz tay tilini ham o'rgatdi. O'sha payt Avstriya ikkinchi va Koreyaning uchinchi ligalaridan takliflar bor edi. Lekin "Ayuttxaya"da shartlar yaxshiroq edi. Osiyoga kelishni istagandim, shuning uchun Tailandni tanladim.

Tailandga ilk bor kelganimda, COVID davri hukm surayotgan edi, shuning uchun ikki hafta karantinda qolishimizga to'g'ri kelgan. Lekin o'shanda havo namligi Serbiyaga nisbatan ancha yuqori ekanligini darhol sezganman. Moslashishimdagi eng qiyin jihat aynan shu bo'ldi.
Filipovich "Chiangmay" safida salmoqli iz qoldirdi – 59 ta o'yin, 7 ta gol. U ko'p hollarda jamoa sardori sifatida maydonga tushgan va himoyada jamoaning asosiy tayanchi bo'lgan. Biroq pay bo'g'imlarining qattiq jarohatlanishi oqibatida bir muddat maydondan tashqarida bo'ldi. Futbolchining aytishicha, tiklanish uchun odatdagidan ko'proq harakat qilgan.

Ehtimol, bu ishim bilan murabbiylarni biroz zeriktirgandirman. Odatda mashg'ulotlar soat 16:00 yoki 16:30 da boshlanardi, lekin men ertalab soat 8:00 da qo'ng'iroq qilib: "Soat 9:00 da zalga ketyapman, nazorat qilmoqchi bo'lsangiz, keling", derdim. Fizioterapevt va jismoniy tayyorgarlik murabbiyi men bilan birga kelishardi. Bu ishni har kuni qilardim. Kunduzi tiklanish mashqlari, jamoa bilan mashg'ulot, keyin esa suzish. Agar fizioterapevt bo'lmaganida, tiklanishim ikki barobar uzoq davom etardi.

Tailandda qiziqarli voqealar ko'p bo'lgan. Yomg'irli mavsumda bir o'yin esda qolgan, o'shanda maydonni shu qadar suv bosdiki, hakam uchrashuvni to'xtatishga majbur bo'ldi – atrofda hatto baliqlar suza boshlagan edi.
Maydon tashqarisida esa eng qiziq hodisa tailandliklarning Yangi yil bayrami bo'ldi: bu jarayonda butun mamlakat bo'ylab odamlar bir-birini suv to'ldirilgan pistoletlar va chelaklar bilan "cho'miltiradi".
2026 yilning yanvarida "Buxoro" bilan shartnoma imzoladi. Markaziy himoyachi poziciyasida faoliyat olib boradigan futbolchining bo'yi 1,97 metrni tashkil qiladi.

Bo'y-bastim o'yinimda juda katta omil hisoblanadi. Xudoga shukr, hozirgacha bu ustunlikdan yaxshi foydalanib kelyapman, shuning uchun standart holatlarda doim etibor menga qaratilgan. Lekin vaqt o'tishi bilan qiyinlashib boryapti, chunki boshqa jamoalar ham mening harakatimni cheklash uchun maxsus echimlar o'ylab topishyapti. Shunga qaramay, havodagi to'plar uchun kurashda ko'rsatkichlarim yaxshi, ammo uni yanada yaxshilash ustida ishlashda davom etyapman.

Futbol – hissiyotlar o'yini. Bu sport turida bir daqiqada hamma narsa o'zgarishi mumkin. Shuning uchun uni sevishadi. Futbol bu – hayot.
Sevimli futbolchisi: Nemanya Vidich
Sevimli klubi: Manchester Yunayted
Sevimli ichimligi: Qahva
Sevimli filmi: Karib dengizi qaroqchilari
Sevimli qo'shig'i: Eminem – "Lose Yourself"
Oqil Abdubarnoev tayyorladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Бу ер Роналду Арабистони эмас". Саудиялик таниқли журналист Криштиануни танқид қилди
"Реал" собиқ футболчиси Мессини дунёнинг энг яхши футболчиси, Роналдуни эса иккинчи рақам деб атади
"Негрейра иши": Бош айбланувчи хотирасини йўқотмоқдами?
Туркия Кубоги. Файзуллаев ва Шомуродов гол урган баҳсда "Башакшеҳир" йирик ғалабага эришди
Fikrlar