So’nggi yangiliklar

19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:54Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  2 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  3 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  17 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3

Fevzi Davletov: "O'zimizga bo'lgan ishonch qaytdi, endi esa natijalarni yaxshilashimiz kerak" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "O'zimizga bo'lgan ishonch qaytdi, endi esa natijalarni yaxshilashimiz kerak"

Superliga 5-turidan o'rin olgan "Surxon" - OKMK (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Mehmondagi qiyin uchrashuvdan keyin qaytish oson bo'lmadi. Birinchi bo'limda o'yinimizda muammolar bor edi, to'pni o'zimizda ushlab qola olmadik va ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Tanaffusda o'zgarishlarga qo'l urdik va o'yin tizgisi o'zgardi deya olaman. Tezroq gol urishimiz kerak edi va ikkinchi bo'limda gol hisobni ochdik. Uchrashuvda yirikroq hisob qayd etishimiz ham mumkin edi, ammo yaratgan vaziyatlarimizni ko'pini golga aylantira olmadik.

- "Surxon" jamoasiga o'z o'yini va holatini yaxshilab bormoqda. O'tgan turdagi uchrashuvda jamoangiz so'ngi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqargandi. "Navbahor"ga qarshi o'yindagi alamli natija, futbolchilaringizga qanday tasir o'tkazdi? Salbiymi yoki ijobiy? 

- Namanganda yaxshi o'yin o'tkazdik. Yigitlar natijani yaxshilash kerakligini tushunib etishgandi. Safar o'yini bo'lishiga qaramasdan juda ko'p muxlislarimiz bizni qo'llab quvvatlash uchun tashrif buyurishgan edi va muxlislar hurmati biz yaxshi o'yin namoyish etishimiz kerak edi. "Navbahor"ga qarshi uchrashuv o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirdi. Natijalarimiz ham sekin astalik bilan yaxshilanib bormoqda. O'tgan turda durang va bugungi bahsdagi g'alaba. Olimpiya terma jamoasiga jalb etilgan Ulug'bek Hoshimovning o'rni ham ancha bilinmoqda. U bugun bizga katta yordam berishi mumkin edi.

- Bugungi g'alaba jamoangiz uchun juda zarur edi. O'yin davomida jamoangiz ko'pgina xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo vaziyatlarni golga aylantirish masalasi bo'yicha jamoangizda muammolar bor?

- Bugungi uchrashuvda faqat bizga faqat g'alaba kerak edi. Jamoa o'z kuchiga ishonmoqda. Buyog'iga natijalarni yaxshilashimiz kerak.

- O'tgan mavsum chempionatimizda eng yaxshi darvozabonlardan biri bo'lgan Artem Potapov bugun qaydnomada yo'q edi. Potapov va Nimeli kabi legioner futbolchilarning hattoki qaydnomadan o'rin olmayotganiga sabab nima?

- Nimelining jarohati bor va u hali tiklanishga ulgurmadi. Potapov ruhiy tomonlama o'ynashga tayyor emas.


 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика