So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Feruz Faxriddinov: “Bizning muxlislar hech qaerda topilmasa kerak” Yangiliklar

Feruz Faxriddinov: “Bizning muxlislar hech qaerda topilmasa kerak”

Teglar :  Feruz Faxriddinov
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Kolumbiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etib, 1 durang va 2 mag'lubiyat bilan guruhda so'nggi o'rinni egalladi.

Vakillarimiz Kolumbiyadan ikki hafta oldin yurtimizga qaytib kelishdi. Biz fursatdan foydalanib O'zbekiston terma jamoasi azosi Feruz Faxriddinov bilan bog'lanib undan jahon chempionatidagi ishtirok haqida intervyu oldik.

-  Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etdinglar. Taassurotlaringiz qanday?

-  Biz Jahon chempionatida ilk bor ishtirok etdik. Kolumbiyadagi barcha shart-sharoitlar har tomonlama qoniqtirdi, alo darajada bo'ldi desa ham bo'ladi. Endi turnirga to'xtaladigan bo'lsak, bilasiz bunday mundiallarda kuchsiz jamoaning o'zi bo'lmaydi. Ushbu musobaqada bizga biroz tajriba etishmadi deb o'ylayman. Guruhdagi ilk uchrashuvni Panama terma jamoasiga qarshi o'tkazdik. O'sha o'yinda bizda ko'plab xavfli vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan oqilona foydalana ololmadik va oxirida jazolandik. Ushbu mag'lubiyat biz uchun juda ham qimmatga tushdi. Guruhdagi 2-turda mundial mezboni Kolumbiya terma jamoasi bilan bahs olib bordik. Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o'yinda durang natija qayd etib muxlislarni biroz bo'lsada xursand qildik deb o'ylayman. 3-turda Portugaliya terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinda tajriba baribir o'z so'zini aytdi va biz mag'lub bo'ldik. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng guruhda qolib ketdik.

-  Guruhdagi ilk uchrashuvda Panama terma jamoasiga mag'lub bo'ldinglar. Buning kuchli xayajon sabab bo'ldi deya olasizmi?

-  Panama terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyatni hayajon bilan bog'liq deb o'ylamayman. Bix yaxshi o'ynadik. Gol urishimiz uchun judam ko'plab vaziyatlarimiz bo'ldi. Birinchi bo'limning o'zida 4 yoki 5 ta to'p farqi bilan tanaffusga chiqib ketsak bo'lardi. Afsuski, o'sha vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Oddiy vaziyatlarda juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik va Panama bizni jazolab ketdi.

-  Kolumbiya bilan bo'lgan o'yinda (3:3) durang natija qayd etdinglar. Ushbu o'yinda so'nggi daqiqalarda tayyor g'alaba qo'ldan chiqdi...

-  Agarda ilk turda g'alaba qozonganimizda keyingi bosqichga chiqardik. To'g'ri aytib o'tdingiz, Kolumbiya bilan bo'lgan o'yinda haqiqatdan ham so'nggi daqiqalarda g'alabani saqlab qola olmadik. Uchrashuvdagi so'nggi 13 soniya bizni g'alabadan maxrum qildi. Juda ham alamli bo'lgan durang natija.


-  Guruhdagi so'nggi bahsni Portugaliya terma jamoasiga qarshi o'tkazdinglar. Bilamizki ushbu terma jamoa safida tajribali Rikardino harakat qiladi. ushbu futzalchiga qarshi maydonda to'p tepish qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?
-  Rikardino juda ham mahoratli iqtidor egasi. Hozirgi kunda eng yaxshi futzalchi hisoblanadi. Portugaliyaga qarshi uchrashuvda Rikardino bizga qarshi juda ham kuchli o'yin namoyish etdi. Jamoasining deyarli barcha gollariga o'z hissasini qo'shdi. Terma jamoada etakchi o'yinchi ekanligini yana bir isbotladi.

-  Mundialda maydondagi muhit haqida nima deya olasiz?

-  Tribunadagi ishqibozlar juda ham ajoyib tarzda muxlislik qilishdi. Abdurahmon Fozilov boshchiligida Kolumbiyalik muxlislar ham bizni alo darajada qo'llab-quvvatlashdi. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman.

-  Jahon chempionatida ilk bor O'zbekiston madhiyasini kuyladinglar. O'sha vaziyatda ko'nglingizdan qanday kechinmalar o'tdi?

-  Terma jamoa uchun o'ynashning o'zi katta faxr bag'ishlaydi. Madhiyamizni kuylaguncha qanday xissiyotlar ko'nglimizdan o'tganini so'z bilan tariflab bo'lmaydi.

-  Jahon chempionatidan o'zingiz uchun nima oldingiz?

-  Kuchli terma jamoa futbolchilariga qarshi o'ynab o'zim uchun oz bo'lsada tajriba oldim.

-  Mana Jahon chempionatida ham ishtirok etdinglar. Katta musobaqalarda turli chempionat klublaridan skautlar terma jamoa futbolchilarini kuzatishi mumkin. Sizlarga Evropa jamoalari skautlaridan qiziqishlar bo'lmadimi?

-  Jamoadoshlarimning 4, 5 nafariga Osiyo klublaridan qiziqishlar bo'ldi, lekin rasmiy taklif bilan chiqishmadi. Evropa jamoalaridan balki qiziqish bo'lgandir. Hozircha hech nima bilmaymiz.

-  Mundialdagi ishtirokdan so'ng bosh murabbiy Mendez sizlarga nimalar dedi?

-  Jahon chempionatidan so'ng bosh murabbiyimiz Pulpis to'xtab qolmaslikni, o'z ustimizda tinmay ishlashimizni va O'zbekiston terma jamoasi bundanda yaxshi natijalar qayd etishini takidladi.

-  Endi sohil futboli bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun O'zbekiston terma jamoasi safida Vetnamga jo'nab ketdingiz. Bu ikki sport turlarining o'xshash va farqli tomonlari nimada?

-  Ikkala sport turida ham 5 tadan sportchilar harakat qilishadi. Lekin, biri qumda o'ynalsa ikkinchisi zalda o'ynaladi.

-  To'g'ri, lekin zalda futbol o'ynaganga qaraganda qumda to'p tepish biroz qiyinroq nazarimda.

-  Albatta, ikki sport turining ham o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor.

-  Muxlislarga tilaklaringiz.

-  SHu fursatdan foydalanib bizni qo'llab-quvvatlab turgan O'zbekistondagi barcha muxlislarga katta rahmat aytaman. Kolumbiyadaligimizda ijtimoiy tarmoq orqali bizga iliq fikrlar bildirishdi. Barcha uchrashuvlarda bo'sh kelmasligimizni va bizga doim ishonishlarini takidlashdi. Bundan juda ham xursand bo'ldik. Bizning muxlislarimizdek ishqibozlar hech qaerda topilmasa kerak. Buning uchun ularga katta rahmat aytaman.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика