Maradona muxlislari futbolchining o'limida ayblanayotgan shifokorga hujum qilishdi
28 may 20:20
Yangiliklar
Maradona muxlislari futbolchining o'limida ayblanayotgan shifokorga hujum qilishdi
Argentinalik afsona Diego Maradona muxlislari futbolchini o'ldirishda ayblanayotgan shifokor Leopoldo Lukega hujum qilishdi. Bu haqda TN xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, muxlislar sud binosi tashqarisida Lukening boshiga bayroq bilan urishgan.
Qayd etish joiz, sud 192 nafar guvohni tinglashi, tibbiy ko'rik va xulosalar, audioyozuvlar va shifokorlarning yozishmalarini o'rganishi kerak bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq etti nafar shifokor va hamshira Diego Maradonaning o'limiga aloqadorlikda ayblanib sud qilingani malum bo'lgandi. Ayblanuvchilar argentinalikning o'limiga sabab bo'lgan ehtiyotsizlikda gumon qilinmoqda. Shifokorlar aybi isbotlansa, ular 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Maradona 2020 yilning 25 noyabrida Tigredagi uyida miokard infarktidan vafot etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar