So’nggi yangiliklar

22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  0 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  1 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  4 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  5 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  1 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2

SHahram Faxriddinov: “Bahrayndan har tomonlama ustun keldik” Yangiliklar

SHahram Faxriddinov: “Bahrayndan har tomonlama ustun keldik”

1 oktyabr kuni Futzal bo'yicha Osiyo kubogi-2022 ning 3-tur bahslariga start berildi.

Unda O'zbekiston futzal terma jamoasi Bahraynga qarshi o'ynadi va 6:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu o'yindan keyin terma jamoamiz safida gol muallifiga aylangan SHahram Faxriddinov fikrlariga quloq tutdik.

- SHahram, Bahrayn bilan o'yindan keyingi taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Baxrayn terma jamoasiga qarshi juda qiziqarli o'yin bo'ldi. Gollarga boy bellashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Guruh bosqichini 100 foiz natija bilan tugatdik va keyingi bosqichga yo'llanma olganimizdan xursandman. O'z g'alabalarimiz bilan muxlislarimizni quvontirishda davom etmoqdamiz. 

- Bahrayn terma jamoasi ko'rsatgan o'yini borasida qanday fikrdasiz?

- O'ylashimcha, biz yaratilgan imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalanib, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik. Raqib jamoadan har tomonlama ustun keldik. 

- Quvaytda chempionat bellashuvlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rilganmi?

- Musobakaga alo darajada tayyorgarlik ko'rilgan. Xususan bizga ham  barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. 

- Guruhda qaysi terma jamoaga qarshi bahs qiyin kechdi?

- Menimcha, Tojikiston bilan o'yin biroz qiyin kechdi.

- Keyingi bosqichdagi raqibga qarshi qanday fikrdasiz?

- Bilasizmi, keyingi bosqichda qaysi jamoaga qarshi maydonga tushishimizdan qatiy nazar, faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. O'zbekiston xalqini Osiyo chempionatida har bir bellashuvda muvaffaqiyat qozonib, xursand qilmoqchimiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика