Turg'unboev "Paxtakor"da qaysi raqamni tanladi?
29 iyu 22:40
Yangiliklar


Turg'unboev "Paxtakor"da qaysi raqamni tanladi?
Futbolchi "sherlar" safida 10-raqamda to'p tepadi.
"Aziz Turg'unboev "Paxtakor"ga qaytdi. Mahoratli yarim himoyachi faoliyatini yana klubimiz safida davom ettiradi.
Turg'unboev bilan "Paxtakor" o'rtasida 2026 yil oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekildi. Bungacha Aziz 2021-23 yillarda jamoamiz tarkibida o'ynab, uch karra O'zbekiston chempioniga aylangan. 103 uchrashuvda "Sherlar" sharafini himoya qilib, 17 gol muallifi bo'lgan. Milliy terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishida o'zining munosib hissasini qo'shgan Turg'unboev erkin agent sifatida Turkiyaning "Sivasspor" klubidan ko'chib o'tdi. Aziz "Paxtakor" bilan yana ko'plab sovrinlarga ega chiqishiga umid qilamiz.
"Paxtakor"ga qaytishing muborak, Aziz!", — deyiladi klub xabarida.
Rasman: "Paxtakor" Turg'unboevni safiga qo'shib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar