Rasman: "Paxtakor" Turg'unboevni safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2025, 16:02
Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati ma'lum qildi.

"Sivasspor" bilan shartnomasi yakunlangan Aziz Turg'unboev "Paxtakor" bilan 2026 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Ma'lumot uchun, Turg'unboev uchun "Paxtakor" begona emas. Yarim himoyachi Turkiyaga yo'l olishidan oldin 4 yil "sherlar" libosida harakat qilgan. U "Paxtakor" safida 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 14 ta assistga mualliflik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz