Rasman: "Nasaf" albaniyalik hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
29 iyu 22:10
Yangiliklar


Rasman: "Nasaf" albaniyalik hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Qarshining "Nasaf" klubi Adenis Shalani o'z safiga qo'shib oldi.
Bu haqda "Nasaf" matbuot xizmati xabar berdi.
"Adenis Shala – "Nasaf"ning yangi azosi!
Bugun "Nasaf" futbol klubi albaniyalik hujumkor yarim himoyachi Adenis Shala bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.
27 yoshli futbolchi o'z faoliyati davomida Xorvatiya, Turkiya, Kosovo va Shimoliy Makedoniya klublarida to'p surgan. Uning so'nggi jamoasi Shimoliy Makedoniyaning kuchli jamoalaridan biri — "Shkendiya" bo'lgan.
Ishonamizki, Adenis jamoamizga g'alabalar qozonishga va ko'plab sovrinlar yutishga yordam beradi.
"Nasaf" oilasiga xush kelibsan, Adenis!", — deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar