Islom To'xtaxo'jaev: "BAAdan bayramona kayfiyatda qaytish nasib qilsin"
28 may 2025 19:35
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev: "BAAdan bayramona kayfiyatda qaytish nasib qilsin"
O'zbekiston terma jamoasi va OKMK klubi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev BAAga qarshi muhim uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi.
"Yigitlarning kayfiyati alo. Oxirgi qadam qoldi, buni hamma tushunib turibdi. Xudo xohlasa, xalqimiz kutganidek, BAAdan bayramona kayfiyatda qaytish nasib qilsin.
Murabbiylarga o'yinga talluqli bo'lgan kerakli ko'rsatmalarni berishadi deb o'ylayman. Shunga qarab hozirlik ko'ramiz. Eng asosiysi, oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishimiz kerak", – dedi uzoq yillik tanaffusdan keyin terma jamoa yig'iniga jalb qilingan 35 yoshli himoyachi.

Eslatib o'tamiz, JCH saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan BAA – O'zbekiston bellashuvi 5 iyun kuni 21:00 da boshlanadi.
26 may kuni Timur Kapadze terma jamoa yig'iniga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini elon qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar