So’nggi yangiliklar

09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8

Feruza Turdiboeva: "Qolgan ikki uchrashuvda ham 6 ochkoni niyat qilganmiz" Yangiliklar

Feruza Turdiboeva: "Qolgan ikki uchrashuvda ham 6 ochkoni niyat qilganmiz"

Xabaringiz bor, Dushanbe shahrida ayollar futzal terma jamoalari ishtirokida CAFA musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Turnirning ikkinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi (6:3) bahs olib bordi. Uchrashuvning "Eng yaxshi o'yinchisi" deb gol urib, bitta golli uzatma etkazib bergan sardorimiz Feruza Turdiboeva tan olindi. 

"Butun oson bo'lmasligini bilardik. Lekin shu bilan birga faqat g'alaba haqida o'yladik — biz uchun boshqa variant yo'q edi. O'yinni yaxshi boshladik va tezkor gollar urdik. Keyin biroz bo'shashdikmi, ikkita gol o'tkazib yubordik. 

Tanaffusda murabbiylarimiz ko'rsatmalar berishdi, nimalarga etibor berish zarurligini takidlashdi. Barchasi yaxshi ekanligi va o'z o'yinimizni ko'rsatsak, g'alaba bizniki bo'lishi haqida gaplashdik. 

Natijada, ikkinchi bo'limni ham gol bilan boshladik. Albatta, gol urganim va Madinaga golli uzatma etkazib berganimdan xursandman. Eng muhimi — g'alaba qozondik. 

Oldinda yana ikkita o'yin bor. Ularda ham ishonchli o'yin ko'rsatib, maksimal natija qayd etishga harakat qilamiz. Qolganini vaqt ko'rsatadi.", - dedi Feruza Turdiboeva.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2-turdan keyin 3 ochko bilan jadvalning uchinchi pog'onasini band etgan, etakchi Qirg'iz Respublikasi hisobida 4 ochko mavjud, bitta o'yini kam Eronda esa 3 ochko bor. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика