Aleksandr Ejov: "Haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman"
10 dek 18:39
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: "Haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman"
Shunday qilib "Xorazm" jamoasi Superligada qoladigan bo'ldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Xorazm" yordamchi murabbiyi Aleksandr Ejov ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvlambor g'alaba qozonib, oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishgani uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Bugun juda qiyin bahsni o'tkazdik, g'alaba uchun jamoamiz bor kuchni berdi. Umuman butun mavsum biz uchun og'ir o'tdi. To'g'risini aytishim kerak, bugun omad ham biz tomonda bo'ldi. Futbolchilar xarakter ko'rsata olishdi. Haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman.
- Bugun jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovni ko'rmadik.
- Hakim Kayumovichning oilasida yo'qotish yuz bergani bois zudlik bilan Tojikistonga ketishiga to'g'ri keldi. Bor sabab shu. Lekin Hakim Fuzaylov jamoamiz bosh murabbiyi hisoblanadi.
- "Xorazm" birinchi bo'limda himoyaviy, ikkinchi taymda esa hujumkor o'yin ko'rsatib, ikkita gol urib g'alaba qozondi. Bu oldindan rejalashtirilganmidi?
- Biz avvaliga himoyaviy o'yin namoyish etamiz, keyin hujumga o'tamiz deb reja qilmagandik. Hammasi o'yinning borishidan kelib chiqqan holda yuz berdi. Pley-off bitta uchrashuvdan iborat va doim ham himoyaga etibor qaratib maqsadga erisha olmaysiz. Shuning uchun hujum qilishni maqsad qilgandik. Hatto gol o'tkazganimizda ham o'zimizni yo'qotib qo'ymadik, tanaffusda yigitlar bilan gaplashib oldik, bu o'yinni yutishimiz kerakligini uqtirdik. Xayriyat, hammasi yaxshi yakun topdi.
- Matbuot anjumani yakunida aytar so'zingiz.
- Eng avvalo jamoamiz muxlislariga rahmat aytmoqchiman. Yuqorida aytganimdek, juda og'ir mavsumni o'tkazdik. Muxlislarimiz bizni doim qo'llab turishdi. Ham safar, ham uydagi o'yinlarda jamoani yolg'izlatib qo'yishmadi. G'alabali, durangli, mag'lubiyatli o'yinlarimiz bo'ldi, ishqibozlarimiz esa har doim bizga ishonishdi. Buning uchun ularga katta rahmat. Qolaversa, "Xorazm" futbol klubi rahbariyati va mutasaddi kishilarga ham alohida rahmat aytmoqchiman. Jamoamiz bungacha 15 yil Superligada o'ynamagandi. Qaytishimiz katta voqelik bo'ldi. Jamoa oldiga Superligada olib qolish vazifasi qo'yilgandi. Buni qiyinchilik bilan uddaladik. O'ylaymanki, keyingi mavsum muxlislarimizni yanada ko'proq xursand qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar
Машаль 35 миллиард смета
Хоразим 30 миллиард смета
Фк Бухара 65 миллиардов смета
Вот статистика просто Пазор Шавкат Саломов
Машаль 35 миллиард смета
Хоразим 30 миллиард смета
Фк Бухара 65 миллиардов смета
Вот статистика просто Пазор
( Шавкат Саломов)