Superliga-2025. Avtogollar statistikasi
09 dek 13:10
Yangiliklar
Superliga-2025. Avtogollar statistikasi
Maydonlardagi jozibali hujumlar, mahoratli kombinaciyalar va aniq zarbalar bilan bir qatorda futbolchilarning tasodifiy tarzda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi — avtogollar ham mavsum manzarasining bir bo'lagidir. 2025 yilgi chempionatda ham bunday epizodlar etarlicha uchradi va umumiy manzaraga muayyan rang-baranglik qo'shdi.
Mavsum davomida jami 19 ta avtogol qayd etildi va ularni 17 nafar futbolchi amalga oshirdi. Eng ko'p avtogol muallifi sifatida ikki futbolchi — “So'g'diyona” himoyachisi Otabek Ahadov va “Mashal” azosi Ergash Ismoilov — ikki marotaba o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Bu ko'rsatkich ularni mavsumning noxush ro'yxatida peshqadam qildi.
Quyida avtogol soniga ko'ra futbolchilar ro'yxati keltirilgan:
1. Otabek Ahadov ("So'g'diyona") – 2
2. Ergash Ismoilov ("Mashal") – 2
3. Dilshod Rahmatullaev ("Mashal") – 1
4. Muhammadyusuf Sobirov ("So'g'diyona") – 1
5. Valijon Rahimov ("Bunyodkor") – 1
6. Erjan Tokotaev ("Andijon") – 1
7. Stanislav Andreev ("So'g'diyona") – 1
8. Kristian Novak ("Andijon") – 1
9. Nurjahon Muzaffarov ("Mashal") – 1
10. Benjemin Teydi ("Navbahor") – 1
11. Gilerme Gedesh ("Navbahor") – 1
12. Ikrom Aliboev ("Neftchi") – 1
13. Frane Ikich ("Buxoro") – 1
14. Avazbek O'lmasaliev (OKMK) – 1
15. Vladimir Bubanya ("Xorazm") – 1
16. Najmiddin Normurodov ("Bunyodkor") – 1
17. Jahongir O'rozov ("Dinamo") – 1

Poziciyalar kesimida tahlil
Avtogollar odatda himoya chizig'ida ko'proq uchraydi. Bu yilgi ko'rsatkichlar ham shundan dalolat beradi.
Poziciyalar bo'yicha avtogollar taqsimoti quyidagicha:
Darvozabonlar — 3 ta
Darvozabonlar tomonidan qayd etilgan avtogollar, odatda, noqulay rikoshetlar yoki qaytarilgan to'pning noodatiy yo'nalish hosil qilgan holda darvozaga kirib ketishi oqibatida sodir bo'ldi.
Markaziy himoyachilar — 8 ta
Bu eng yuqori ko'rsatkich. Markaziy himoyachilar raqib bosimi ostida to'pni uzoqlashtirishga uringan paytlarda yoki havodagi kurashlarda avtogollarga sabab bo'lgan holatlar ko'p uchradi.
Chap qanot himoyachilari — 4 ta
Qanotlar orqali bosimning ortishi bu poziciyadagi futbolchilar masuliyatini kuchaytirdi. Bazi vaziyatlarda uzatmalar avtogol bilan yakunlangani qayd etildi.
Yarim himoyachilar — 4 ta
Yarim himoyachilardan qayd etilgan avtogollar asosan standart vaziyatlardan keyingi epizodlar yoki xavfli zonadagi kelishmovchiliklar natijasida yuzaga keldi.
Bu taqsimot himoya liniyasida, ayniqsa markaziy blokda, mavsum davomida muayyan ishonchsizlik epizodlari ko'proq ko'zga tashlanganini anglatadi.

Klublar kesimida manzara
Avtogollar bo'yicha etakchilikka ikki klub — “Mashal” va “So'g'diyona” chiqdi. Har ikki jamoa o'yinchilari mavsum davomida 4 tadan avtogol qayd etdi. Ularni “Andijon” 3 avtogol bilan kuzatib bordi.
Eng quvonarlisi, bir qator jamoalar mavsumni avtogolsiz yakunladi. Jumladan, “Paxtakor”, “Sho'rtan”, “Qizilqum”, “Nasaf”, “Qo'qon-1912” va “Surxon” bu borada mukammal statistika qayd etdi.
Avtogollar qaysi klub foydasiga ko'proq ishladi?
Avtogollar nafaqat jamoalarning muammolarini, balki boshqa klublarning omadini ham belgilab berdi. 2025 yilgi mavsumda raqiblarning avtogollaridan eng ko'p foyda ko'rgan jamoalar aniqlandi.
Jadvalga ko'ra, “Paxtakor” va “Nasaf” avtogollardan eng ko'p — 3 tadan foyda ko'rgan klublar bo'ldi. Bu ayniqsa tor natijalar qayd etilgan o'yinlarda ular uchun muhim omil sifatida namoyon bo'ldi.
Ulardan so'ng quyidagi jamoalar ham avtogollar hisobiga gollarga ega bo'ldi:
“Bunyodkor” – 2
“Andijon” – 2
“Qizilqum” – 2
“Xorazm” – 2
Bir nechta klublar — “Neftchi”, “Sho'rtan”, “Buxoro”, “OKMK”, “Qo'qon-1912” — raqib avtogollari hisobiga bittadan gol qayd etishdi.
Bir qator jamoalar esa mavsum davomida raqib avtogollaridan umuman foyda ko'ra olmadi. Jumladan: “Mashal”, “Dinamo”, “Navbahor”, “So'g'diyona”, “Surxon” klublari mavsumni nol ko'rsatkich bilan yakunladi.
Avtogollar — futboldagi kutilmagan burilishlarning eng yorqin misollaridan biri. Ayrim jamoalar bunday epizodlardan katta foyda ko'rgan bo'lsa, boshqalar mavsum davomida biror marta ham bu “omad”dan bahramand bo'la olmadi. Ayniqsa, “Paxtakor” va “Nasaf” uchun avtogollar ayrim muhim o'yinlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
"Олтин тўп" соҳиби Салоҳни танқид қилди
Fikrlar