So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  2 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Pogba tuya poygalariga investiciya kiritdi: "Sport bu - sport, asoslari o'xshash. Dunyodagi eng qimmat tuyaga egalik qilishni xohlardim" Yangiliklar

Pogba tuya poygalariga investiciya kiritdi: "Sport bu - sport, asoslari o'xshash. Dunyodagi eng qimmat tuyaga egalik qilishni xohlardim"

Teglar :  Pol Pogba
"Monako" yarim himoyachisi Pol Pogba Birlashgan Arab Amirliklari va Fors ko'rfazi mamlakatlarida ishtirok etuvchi dunyodagi birinchi professional tuya poygasi jamoasi – "Al-Habub"ning akciyadori va elchisiga aylandi.

"Men YouTube orqali anchagina [tuya] poygalarini tomosha qildim va bo'sh vaqtimda texnika hamda strategiyalarni tushunishga harakat qilib, mavzuni o'rgandim. Barcha ishtirokchilardan qanchalik fidoyilik talab qilinishi meni hayratda qoldirdi. Yakunda, sport bu — sport. U yurak, fidoyilik va jamoaviy ishni talab qiladi.

Ehtimol, odamlar buni anglamas, ammo barcha sport turlari o'zaro bog'liq. Xoh futbol bo'lsin, xoh tuya poygasi yoki boks – asoslar o'xshash. Maqsad sari intilish, diqqatni jamlash, intizom va qatiyat kerak. Yakunda aynan shu narsalar o'yinchilarni chempionga aylantiradi.

Bir kun kelib dunyodagi eng qimmat tuyaga egalik qilish ciklni chiroyli yakunlash bo'lardi – bu qandaydir quvnoq, ahamiyatli va meni hayajonlantiradigan narsa. Balki, bir kun kelib buni amalga oshirarmiz", – dedi Pogba.

"Polning ishtiroki o'zgartiruvchi xususiyatga ega. Uning tasiri, etakchilik qobiliyati va madaniy qadriyatlarga bo'lgan ishtiyoqi "Al-Habub" ilgari surayotgan g'oyalarni aniq aks ettiradi.

Bu hamkorlik – shunchaki poygalardan ko'ra kattaroq narsa. Gap dunyo miqyosida tan olinishga loyiq merosni etkazish haqida ketmoqda", – dedi tadbirkor va "Al-Habub" asoschisi Omar Almaena.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
10 dek 18:50:15
Isroiljon Qosimov
Хаммом туяни орзу қилибди.Тўғри тушунамиз-замон тескари...
   
10 dek 18:19:57
MENTAL!ST
Tuya sportidagi Erling Holandni olmoqchi ekan-da u!!? xD
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика