Fernando Yerro: "15 yoshligida Iskoga baho berishim uchun 10 daqiqa kifoya qilgan"
21 okt 2017 20:42
Yangiliklar
Fernando Yerro: "15 yoshligida Iskoga baho berishim uchun 10 daqiqa kifoya qilgan"
"Real" sobiq sardori Fernando Yerro yarim himoyachi Iskoga birinchi marotaba etibor qaratgan payti haqida gapirib o'tdi.
"Men uchun 15 yoshligidan beri biladiganim yigitga baho berish qiyin. Men uni regional chempionatda ko'rganman.
Men Rioxaga kelganman, chunki menga "Valensiya"da Benalmadendan chiqqan ajoyib iqtidor sohibi chiqqanini aytishgan.
Sen kelasan va qani o'sha iqtidor deb o'ylay boshlaysan. O'yinni 10 daqiqa ko'rdim va ketdim, shunday dedim: "Men o'zimga kerak bo'lgan hammasini ko'rdim".
Isko o'ynashi kerak, u o'zini jamoa uchun muhim deb hisoblashi kerak, unga ishonishayotganini his qilishi kerak. O'sha paytda uning iqtidoridan kelib chiqib aytish mumkinki, u hamma narsaga qodir edi", - dedi Yerro.
Fikrlar