Ferdinand: “Ronalduning o'rnida bo'lganimda, Gariga qo'l berib: “Juda ham ko'p gapiryapsan”, derdim”
01 noy 2022 08:15
Yangiliklar
Ferdinand: “Ronalduning o'rnida bo'lganimda, Gariga qo'l berib: “Juda ham ko'p gapiryapsan”, derdim”
APL 14-tur doirasida “Vest Xem”ga qarshi o'yin oldidan MYU forvardi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoadoshi Gari Nevill bilan ko'rishishni xohlamadi.
Nevill Ronalduning davri o'tgani va bunga ko'nikishi kerakligi hamda “qizil iblislar”ni tark etish variantini ham o'ylab ko'rishi kerakligini aytgandi.
“Nevill unga qo'ng'iroq qilsa, Ronaldu javob beradi deb o'ylamayman. Ronalduni bilganim uchun, barchasi tugadi deb hisoblasa bo'ladi. Aytmoqchi bo'lgan narsani aytding va bunga ishonmoqdasan.
O'ylashimcha, Ronalduning o'rnida bo'lsam bu vaziyatda boshqa scenariy asosida harakat qilgan bo'lardim. Menimcha, unga qo'lga berib: “Juda ko'p gapiryapsan, keyinroq ko'rishamiz”, derdim. Bu uning uchun shunchaki ukol bo'lardi”, deydi Ferdinand.
Fikrlar