Ferdinand MYU Chempionshipga tushib ketishidan xavotirda: "Biz qanchalik yaqinligimizni tushunyapsizmi?"
18 fev 01:46
Yangiliklar


Ferdinand MYU Chempionshipga tushib ketishidan xavotirda: "Biz qanchalik yaqinligimizni tushunyapsizmi?"
Rio Ferdinand "Manchester Yunayted" keyingi mavsumni Chempionshipda boshlashi mumkinligidan xavotirda.
"MYUda hozir katta muammolar bor. Mening klubim va xavfli zonani "Vulverxempton" hamda "Vest Xem" ajratib turibdi. Qanchalik yaqinligimizni tushunyapsizmi?
Kimdir APLda jon saqlab qolishimiz uchun 11 ochko etarli degandi va men bu gaplarga jiddiy qaray boshladim. Taqvimga ko'z tashlaganimdan keyin biz tuzukroq natijaga erisha oladigan birgina o'yinimiz "Lester" bilan bo'lar ekan. Bir necha bor bu jamoani taslim qilganmiz, "Lester" bizning mijoz.
Odatda o'yinlar ro'yxatiga qarab, ochko olish mumkin bo'lgan bahslarni ko'zdan kechirasan. Bu erda esa ochichasiga g'alaba qozonishimiz mumkin bo'lgan uchrashuvlarni topolmadim. Muammo shunda" - dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar