So’nggi yangiliklar

01:30"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин  0 01:03Лига 1. "Ланс" "Страсбур"ни ютиб, 2-ўринга кўтарилиб олди, "Ренн" "Монако"ни йирик ҳисобда енгди, Погба қайтди!  0 00:31АПЛ. "Ньюкасл" ўз уйида "Манчестер Сити"ни таслим қилди, Ҳусанов тушмади  32 00:11А Серия. "Ювентус" меҳмонда сўнгги ўриндаги "Фиорентина" билан дуранг ўйнади  1 23:37Акмал Рустамов: "Нефтчи"нинг учинчи голида футболчи тўпни қўли билан ўйнаганди, лекин у инобатга олинди"  3 23:15Икром Алибоев: "Мавсум бошида қийин бўлди, охирида яхши меҳнат қилдик"  1 22:52Фарруҳ Сайфиев: "Кейинги мавсумни "Насаф"да бошлайман? Ҳали чемпионат тугамади ва бундай гаплар йўқ"  10 22:29Ботирали Эргашев: "Ҳиссиётларни сўз билан таърифлаб бўлмайди"  1 22:15Ла Лига. "Барселона" "Камп Ноу"га қайтишини йирик ғалаба билан нишонлади, Ферран Торресдан дубль!  39 22:07Қувондиқ Рўзиев: "Икром билан яқин дўстмиз. Ҳиссиётларимизни ушлаб тура олмадик"  1 21:58АПЛ. "Ноттингем Форест" "Ливерпул"ни тор-мор этди, "Фулхэм" "Сандерленд"дан устун келди ва бошқа натижалар  23 21:46Жамшид Искандеров: "Бир ҳафтада иккита кубок кўтариш ёқимли"  9 21:31Бундеслига. "Бавария" 2 та гол ўтказиб, 6 та гол урди, "Боруссия Д"да жанговар дуранг ва бошқа натижалар  4 21:24Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий бўлди  6 20:51Манба: "Нефтчи" футболчилари бугунги ғалаба учун 3 ҳисса мукофот пули, чемпионлик учун машина ва хонадонга эга бўлади  30

Farhod Nishonov: "Noyabrda Evropaning grand jamoasiga qarshi Toshkentda o'ynashimiz mumkin" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Noyabrda Evropaning grand jamoasiga qarshi Toshkentda o'ynashimiz mumkin"

O'zbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Janubiy Amerikada tashkil etilgan yig'indan keyin championat.asia saytiga intervyu berdi.

- Urugvayga qarshi ikkita uchrashuv haqida nimalar deya olasiz? 

- Urugvayga qarshi ikkala o'yin ham menga yoqdi. Bu uchrashuvlarda total ustunlikka erishdik. Yuqori bosim evaziga raqib maydonida kuchli pressing qildik va ustunlikka ega bo'ldik. Ko'p vaziyatlar yaratyapmiz, ammo ulardan foydalanishda muammo kuzatilmoqda. Individual xatolar bor. Qolaversa tarkibda ko'p rotaciya qildik. Bir qator futbolchilarni bu yig'inga olib kelmadik. Masalan, Abdug'afur Haydarov, Amirbek Saidov va Asilbek Jumaev. Ularning o'rniga boshqalarni sinab ko'rdik. Barcha futbolchilarga o'yin amaliyotini berishga harakat qildik. Ularni shunchaki turist sifatida olib kelmadik. 

- Safarda yana qandaydir muammolar bo'ldimi? 

- Futbolchilarimga qoyil qolgan jihatlarim bor. Argentinadagi o'yinlardan keyin Urugvayga kemada etib bordik. Kechasi etib bordik va ertasiga ertalab maydonga tushdik. Yigitlarim yuqori tezlik namoyish etishdi. Birinchi uchrashuvdan keyin yana yo'lga chiqdik va Montevideo shahriga bordik. Yo'l charchog'i yigitlarimga tasir qilmaganidan xursandman.



- Hujumdagi muammolar ko'zga tashlanmoqda, bu hozir o'zbek futbolidagi katta muammo...

- Ha to'g'ri aytdingiz, hujumdagi muammolarimiz ko'rinmoqda. Bizga yana sof hujumchilar kerak. 2007-2008 yilda tug'ilgan futbolchilarni yig'inlarda sinab ko'rib kelajak uchun tayyorlamoqchimiz. Bundan tashqari yigitlar individual xatolarga yo'l qo'yishmoqda. Bu kamchiliklarni futbolchilar bilib turishibdi, buning ustida ishlyapmiz. Har bir futbolchining kuchli tomonini yanada shakllantirish lozim. 

- Urugvay bilan birinchi o'yindagi hakamlarning harakatlari haqida eshitdim, bu haqda ular o'yindan keyin hech nima demadimi?

- Urugvay bilan o'yinda hakamlar "spektakl" qo'yib berishdi. Birinchi bahs chekkaroq shaharchada o'tkazildi va u erda yashaydigan muxlislarni xursand qilish uchun tashkil etilgan ekan. O'sha uchrashuvda biz yutishimiz shart edi. Raqibdan to'p olib qo'sak ham jarima zarbasi belgilanaverdi, uchrashuv oxirida hakam baribir penalti qo'ydi va bu bilan Urugvayga yordam berib yubordi. Ikkinchi o'yin Urugvay terma jamoasining bazasida bo'ldi. Bu erda murabbiylar shtabi, hakamlar qo'mitasi vakili kelib birinchi o'yindagi hakamlik uchun uzr ham so'radi. Urugvay futbol associaciyasi bizga munosib qarshilik qilganimiz uchun rahmat aytishdi. Argentina va Urugvayda o'zbek futboli haqida tushuncha deyarli yo'q ekan. Ammo bu uchrashuvlardan keyin O'zbekiston haqida biroz bo'lsa ham taassurot uyg'ondi. Bu odamni albatta xursand qiladi. 

- Urugvayga qarshi ikkinchi o'yindagi mag'lubiyatni qanday izohlaysiz? 

- Urugvay bilan ikkinchi bahsdagi mag'lubiyatimizning eng katta sababi yigitlarda "emociya" tugab qolgandi. O'yinlar orasida juda ham yaqin edi, hakamlarning harakatlari va boshqa jihatlar albatta tasir qildi. 

- Lazizbek Mirzaev negadir o'yinlarda kam maydonga tushdi...

- Lazizbek Mirzaev Argentina bian birinchi o'yinning boshida jarohat oldi va uning sog'ligini o'ylab, tavakkal qilmay dam berdik. 



- Keyingi rejalar haqida aytib bersangiz...

Katta ehtimol bilan noyabr oyidagi FIFA kunlarida Evropaning grand terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'rtoqlik o'yini tashkil etib beriladi. Bu albatta bizga katta tajriba bo'ladi. Keyingi yig'inda yangi nomlarga ham etibor qaratamiz. Superligada yosh futbolchilar debyut qilishmoqda va ularni ham kuzatib boramiz. 

- Terma jamoadagi ichki muhit qanday? 

- Ochig'ini aytaman, terma jamoada ichki muhit juda ham zo'r. Murabbiy sifatida bazida futbolchilarga baqiraman, so'kishim ham mumkin. Lekin ular to'g'ri tushunishadi. O'yin paytida futbolchilar ham ehtirosda baqirishlari mumkin, birozdan keyin hammasi esdan chiqadi. Agar ularning kamchiliklarini hozir yuziga aytmasam, keyinchalik o'zlariga minus bo'ladi. Har bir murabbiy bunday tartibli jamoada ishlashni orzu qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика