So’nggi yangiliklar

20:48"Навбаҳор" беш нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 20:27Доменико кетди, Тибо қайтмоқда  0 20:02Элдор Шомуродов – А Серия 26-тур рамзий терма жамоасига киритилди  6 19:42Федерико Вальверде жароҳат туфайли кубок ярим финалида майдонга туша олмайди  2 19:10"Аҳмоқона тақвимни инобатга олсак, ишларимиз жуда яхши кетмоқда"  7 18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  18 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   2 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  9 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  7 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  41 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  8 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  19

Farhod Abdumavlonov: “Men uchun ushbu Osiyo chempionati juda ham qadrli bo'ldi” Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: “Men uchun ushbu Osiyo chempionati juda ham qadrli bo'ldi”

Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi finalda Eronga qarshi, maydonda saf tortishadi.

Biz terma jamoamiz azosi Farhod Abdumavlonov bilan uchrashib undan ushbu final o'yinidan oldin intervyu oldik.

-  Yarim finalda Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga chiqib irodali g'alabaga erishdinglar. Ushbu o'yindagi taassurotlaringiz haqida gapirib bersangiz?
-  Super taassurot desam ham bo'ladi. 1:2 hisobida ortda borib turib bir yarim daqiqa qolganida hisobni tenglashtirish bu futzalning go'zalliklaridan biri deb hisoblayman. Uchrashuvni (2:2) hisobiga olib kelganimizdan so'ng bizda yana bir necha vaziyatlar bo'ldi afsuski ushbu vaziyatlardan unumli foydalana ololmadik. Taqdir shuni taqozo qildiki penaltilar smeriyasida (3:1) hisobida g'alaba qozondik. Ushbu o'yinda omad  biz tarafda bo'ldi.

-  Eron terma jamoasi oldingiga qaraganda hozirgi tarkbi haqida qanday fikr bildirasiz?
-  Avvalgi Osiyo chempionatiga qaraganda Eron terma jamoasining ushbu tarkibi ancha yoshargan. 3, 4 ta yoshi katta futzalchilar bor. Muhammad Keshavarz ancha tajribali himoyada juda yaxshi o'yin namoyish etadi. Hasanzoda va Husayin Tayebi Rossiya chempionatida to'p tepadi. Rossiya chempionati dunyo bo'yicha juda kuchli futzal chempionati hisoblanadi. Eron terma jamoasi futzalchilari bir birini juda yaxshi tushunib o'ynaydi.  

-  Bugungi o'yindan nimalarni kutyapsiz?

-  Faqat g'alaba.

-  Muxlislar haqida va sport majmuasini ichidagi atmosfera haqida qanday fikr bildirasiz?
-  O'zbekistonlik futzal muxlislari o'zgacha deb boshqa terma jamoa murabbiylari ham takidlab o'tishdi. Bunaqangi Futbolmi yoki futzalmi umuman sportni sevadigan muxlislar kamdan kam joyda uchrasa kerak. 10 kun davomida O'zbekiston terma jamoasini qo'llab – quvvatlagani uchun muxlislarga katta rahmat aytaman.

-  Osiyo chempionati haqida taassurotlaringiz?

-  Bu yilgi Osiyo chempionati biz uchun boshqacha o'tdi va JCHg yo'llanmani qo'lga kiritdik. Bugun final uchrashuvini o'tkazamiz, shu bosqichga etib kelishimizda o'zlarini yordamlarini ayamagan O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov Zufarovichga, O'zbekiston futzal associaciyasiga, qolaversa jamoadoshlarimga katta rahmat aytaman. Ularning say-harakatlari zoya ketmadi o'z mevasini berdi. Barcha barchaga minnatdorchilik bildiraman. Men uchun ushbu Osiyo chempionati juda ham qadrli bo'ldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика