Odil Hamrobekov: "Nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman"
08 iyu 20:24
Yangiliklar


Odil Hamrobekov: "Nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman"
O'zbekiston terma jamoasi azosi Odil Hamrobekov MTJning bugungi mashg'ulotlarida jurnalistlar savollariga javob berdi.
"Tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. Ushbu bosqichning oxirgi o'yinini o'z muxlislarimiz oldida chiroyli g'alaba bilan yakunlashni maqsad qilganmiz. Kecha tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazdik. Bugun va ertaga maydonda tayyorgarlik ko'ramiz. Muxlislarga yanada bayramona kayfiyat ulashishga harakat qilamiz.
Hissiyotlar o'zgacha bo'lishi aniq. Shaxsan men, nimalar qilib qo'yganimizni to'liq his qila olmayapman. Qatarga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z muxlislarimiz ko'z ongida barchasini nishonlaymiz va his qilamiz" - deya fikr bildirdi Odil Hamrobekov bugungi mashg'ulotlarda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Йигитлар Қатар билан ўйиннинг билети неччи сўмдан бўляпти экан, билганлар борми. Билет ўзи борми