So’nggi yangiliklar

21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  172 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  3 20:36"Вест Хэм" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 20:13"Ювентус" — "Интер". Таркиблар маълум  3 20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  3 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  10 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  37 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0

Farg'ona viloyati hokimi "Neftchi" qarorgohiga tashrif buyurdi Yangiliklar

Farg'ona viloyati hokimi "Neftchi" qarorgohiga tashrif buyurdi

Bugun viloyat hokimi Xayrullo Hayitboevich Bozorov Pro ligada muvaffaqiyatli to'p tepayotgan va Superligadan joy olish uchun astoydil kurashayotgan "Neftchi" futbol klubi qarorgohiga tashrif buyurdi.

Futbolchilar chempionat o'yinlarini o'tkazish uchun safarda bo'lganligi bois, viloyat hokimi klub rahbarlari bilan jamoaning moddiy-texnik sharoiti va imkoniyatlarini yanada yaxshilash, "Neftchi"ning Superligaga qaytib, Farg'ona futboli ananalarini muvaffaqiyatli davom ettirishi uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish kerakligini takidladi. 

Klub rahbari Zohidjon G'ofurov viloyat hokimiga bu sohada qilinayotgan ishlar, navbatdagi maqsad va rejalar haqida batafsil axborot berdi. Xayrullo Bozorov "Neftchi" mamlakatimizning mashhur va boy tarihga ega ekanligi, ko'p ming sonli muxlislar uning azaliy shon-shuhrati va ananalari tiklanishiga katta umid bog'layotganliklarini etiborga olib, viloyat hokimligi bu ishni muvaffaqiyatli hal etishga yordam berish uchun tayyor ekanligini  aytib o'tdi. Jamoaga kelgusi bellashuvlarida yangi zafarlar tiladi.


"Neftchi" matbuot xizmati


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика