Falastin o'z uyidagi suniy maydonlarda qanday o'ynaydi?
23 avg 2019 15:18
Yangiliklar


Falastin o'z uyidagi suniy maydonlarda qanday o'ynaydi?
Bo'lajak raqibimizning o'z maydonida so'nggi ikki yildagi natijalarini o'rganib chiqdik. Etiborlisi Falastin 2017 yil boshidan buyon hozirga qadar Falastin hududida 5ta o'yin o'tkazgan xolos. Al-Ram va Xevron shaharlaridagi stadionlar suniy qoplamali maydonlar hisoblanadi.
Balki shu bois bo'lsa kerak Falastin o'z uyida uncha muncha jamoaga yutqazmay kelmoqda. 2017 yil yozida Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasida Ummon Al-Ramda mag'lub etilgan. Butan va Maldiv orollari kabi kuchsiz terma jamoalar esa yirik hisoblarda taslim etilgan.
O'tgan yil avgust oyida o'rtoqlik uchrashuvida Iroqqa imkoniyat boy berilgan - 0:3.
2018 yil Pokiston bilan o'rtoqlik o'yinida 2:1 hisobida mag'lub etilgan.
O'yin | Sana | O'yin maqomi | SHahar, stadion |
Falastin – Ummon 2:1 | 13.06.2017 | OK-2019 saralashi | Al-Ram, “Faysal Al Hussayni” |
Falastin – Butan 10:0 | 10.10.2017 | OK-2019 saralashi | Xevron, “Dora Xalqaro” |
Falastin – Maldiv or. 8:1 | 14.11.2017 | OK-2019 saralashi | Al-Ram, “Faysal Al Hussayni” |
Falastin – Iroq 0:3 | 04.08.2018 | O'rtoqlik | Al-Ram, “Faysal Al Hussayni” |
Falastin – Pokiston 2:1 | 16.11.2018 | O'rtoqlik | Al-Ram, “Faysal Al Hussayni” |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar