Fabregas: "Ayni paytda "CHelsi" Azar xohlayotganini berishga qodir emas"
30 may 2019 12:25
Yangiliklar


Fabregas: "Ayni paytda "CHelsi" Azar xohlayotganini berishga qodir emas"
"CHelsi"ning sobiq yarim himoyachisi Sesk Fabregas klubni tark etishi aniq bo'lib ulgurgan Eden Azar haqida fikr bildirdi.
Sesk Fabregas Azar London klubini yangi darajaga olib chiqdi deb hisoblamoqda.
"Hozir "CHelsi" Azar xohlayotganini berishga imkoniyati etmaydi, deb hisoblayman. Bu klubda Eden barcha sovrinlar yoki "Oltin to'p"ni yuta olmaydi. U menga bu haqda o'ylamayotganini aytgandi. Lekin, yuragining tubida bu haqiqat ekanligini biladi. Azarning orzusi - ECHL g'olibi bo'lish.
O'ylashimcha, u "CHelsi"da hozir o'z imkoniyati darajasida eng cho'qqiga chiqib bo'lgan va bu salohiyati bilan "Real"da yanada ochiladi", - deya Marca nashri Fabregasning so'zlarini keltiradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar