"Eybar" - "Sevilya" uchrashuvi vaqtida tribuna panjarasi sinib ketdi (+FOTO)
30 sen 2018 01:18
Yangiliklar


"Eybar" - "Sevilya" uchrashuvi vaqtida tribuna panjarasi sinib ketdi (+FOTO)
"Eybar" hamda "Sevilya" o'rtasidagi LaLiganing 7-tur uchrashuvida "Munisipal de Ipurua" arenasidagi tribuna panjaralaridan biri sinib tushdi.
Panjara Ever Baneganing golini nishonlayotgan "Sevilya" muxlislari vaznini ko'tara olmadi.
20-30 kishi maydonga quladi, hakam o'yinni 8 daqiqa to'xtatib turishga majbur bo'ldi. Ikki jamoa shifokorlari hamda stadion tibbiy xodimlari shikastlanganlarga yordam ko'rsatishdi.
Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 3:1 hisobida "Sevilya"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

Fikrlar